Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11945
Sotish
12005
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11945
12005
11937.89
EUR
13000
14000
13769.16
RUB
145
141.76
GBP
15600
16600
16107.79
CHF
14200
15200
14690.98
JPY
50
100
74.92
Kurs 13.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Fuqaro asossiz murojaat yo‘llashda davom etmoqda

188
Yangilash: 3 Oktyabr 2024, 13:50
Image
Fuqaro asossiz murojaat yo‘llashda davom etmoqda

Joriy yilning 25-sentabr kuni "Facebook" tarmog‘i orqali “Shunqorboy-11” OK rahbari Qodiroxunov Shunqorbek Abdishukur oʻgʻli “Mikrokreditbank” ATB Andijon Bank xizmatlari ofisidan muzlatgich ombori qurish va transformator sotib olish maqsadida 84 oy muddatga, yillik 14 foiz bilan 1 mlrd. soʻm kredit olishdagi muammolar boʻyicha murojaat qilgan. 

Mazkur murojaat bankning Andijon viloyati bank xizmatlari ofisi Kredit komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilgan va quyidagi sabablarga koʻra rad etilgan.

1) “Shunqorboy-11” OK va unga aloqador shaxslar (otasi - Qadir-Axunov Shukurjon Abdurasulovich rahbarligidagi “Shukrona-Shunkor-Shoxid” XK, onasi - Qadir-Axunova Nasibaxon Aʼzamjonovna) salbiy kredit tarixiga ega, yaʼni bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan: 
- 2017-yil 14-fevralda imzolangan kredit shartnomasiga koʻra Qadir-Axunov Shukurjon Abdurasulovich rahbarligidagi “Shukrona-Shunkor-Shoxid”XK ga 150 mln. soʻm kredit ajratilgan boʻlib, ushbu kredit oʻz vaqtida toʻlanmaganligi sababli sudga murojaat qilingan va undiruv boʻyicha ijro harakatlari boshlangan.

Biroq fuqaro Qadir-Axunov Shukurjon Abdurasulovich tomonidan ijro harakatlariga doimiy ravishda toʻsqinlik qilib kelingan.

Tadbirkor bank oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarishni xohlamasdan, doimiy ravishda viloyat hokimligiga qarzdorlikni qoplab berish toʻgʻrisida murojaat qilgan. Ushbu murojaatlardan soʻng viloyat hokimligi tashabbusi va yordami bilan tadbirkorning jami 220 mln. soʻm (150 mln. soʻm asosiy qarz, 70 mln. soʻm foiz qarzdorligi) qarzdorligi homiylar va bank hisobidan 2021-yil 14-iyunda toʻliq qoplangan. 

- Qodiroxunov Shunqorbek Abdishukur oʻgʻlining onasi Qadir-Axunova Nasibaxon Aʼzamjonovna nomiga bankdan tikuvchilik faoliyati uchun 2021-yil 19 oktabdagi kredit shartnomasiga asosan, ajratilgan 30 mln. soʻm imtiyozli kredit boʻyicha umuman toʻlov amalga oshirilmagan. 

Fuqaro bank tomonidan bir necha bor ogʻzaki va yozma ogohlantirishlarga qaramasdan, bugungi kunda 37,3 mln.soʻm (30 mln.soʻm asosiy, 7,3 mln.soʻm foiz) muddati oʻtgan kredit qarzdorligini toʻlamasdan kelmoqda. 

Bank tomonidan ushbu qarzdorlikni undirish maqsadida Sud organlariga daʼvo arizalari kiritilib, 2023-yil 17-fevralda Sud hukmiga asosan, qarzdorlikni undirish Majburiy ijro buyurosi tomonidan amalga oshirilmoqda. Biroq shu paytgacha buning natijasi boʻlmadi, yaʼni qarzdorlik soʻndirilmadi.   

2) Qodiroxunov Shunqorbek Abdishukur oʻgʻliga aloqador shaxslarning boshqa majburiyatlari boʻyicha:
Qodiroxunov Shunqorbek Abdishukur oʻgʻlining opasi – Qodiroxunova Shukrona Shukurjon qizi rahbarligidagi “Shayxullo Shamsinur Shodiyona” MCHJ Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ajratilgan 1 mlrd. soʻm qarz evaziga garovga olingan Andijon shahar, Bogʻishamol avtomobil bozori hududida joylashgan binoda muzlatgich ombori qurishni rejalashtirgan, ammo Oʻzbekiston Respublikasi “Garov toʻgʻrisida”gi qonunining 22-moddasida “garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab boʻluvchi xatti-harakatlar qilmasligi” belgilangan.  

Mazkur qarz shartnomasi boʻyicha garov obyektiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish garovga oluvchining roziligi bilan amalga oshirilishi lozim. Shuningdek, qarz shartnomasiga asosan “Shayxullo Shamsinur Shodiyona” MCHJning muddati oʻtgan toʻlovlari yuzaga kelgan.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, fuqaro Qadir-Axunov Shukurjon Abdurasulovich “Shunqorboy-11” OK, “Shayxullo Shamsinur Shodiyona” MCHJ larning norasmiy rahbari hisoblanadi.

Bundan tashqari, korxona rahbari tomonidan soʻralayotgan 1 mlrd.soʻmlik kredit taʼminotiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ajratilgan qarz evaziga garovga olingan binoni Mikrokreditbankka taqdim etish rejalashtirilgan.

Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, “Shunqorboy-11” OK rahbari Qodiroxunov Shunqorbek Abdishukur oʻgʻli va korxonaning norasmiy rahbari Qadir-Axunov Shukurjon Abdurasulovichlar bankdan qoʻshimcha mablagʻlarni oʻzlashtirish maqsadida turli xil manbalarda asossiz ravishda bankni ayblab, notoʻgʻri maʼumotlarni tarqatib kelishmoqda.  

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

12 Avgust 2026

Jamoatchilik eshituvi: 6 oyda 2 750 nafar xodim o‘qitildi, 67 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi

2026-yil may oyida Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tarkibida Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va xaridlar ustidan nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi.

12 Avgust 2026

MKBANK ilk bor S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingini oldi

Bankka “BB-” darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingi “Barqaror” (Stable) prognozi bilan berildi
10 Avgust 2026

Bank fuqarolardan kredit mablag‘lari yechib olish masalasini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganmoqda

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bank tomonidan kredit mablag‘lari amaldagi tartib va tegishli hujjatlar asosida ajratilgan. 

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X