Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11950
Sotish
12010
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11950
12010
11934.61
EUR
13000
14000
13788.05
RUB
146
144.64
GBP
15600
16600
16114.11
CHF
14200
15200
14759.6
JPY
50
100
75.15
Kurs 10.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

“Ikki buyuk siymo: maʼnaviyatimiz sarchashmalari”

697
Yangilash: 10 Fevral 2025, 11:35
Image
“Ikki buyuk siymo: maʼnaviyatimiz sarchashmalari”

Oʻzbek xalqi tarixida oʻchmas iz qoldirgan ikki buyuk siymo – ulugʻ bobokalonlarimiz - Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur – maʼnaviyat sarchashmalari sifatida abadiy qadrlanadi. Ular oʻz ijodi va faoliyati bilan millat maʼnaviyatini yuksaltirgan, adabiyot va madaniyatda yangi sahifalar ochgan buyuk allomalardir.

"Mikrokreditbank" ATB tashabbusi bilan tashkil etilgan "Buyuk siymolarni yod etib..." nomli ijodiy uchrashuv nafaqat ularning boy merosini yodga olish, balki bugungi avlodga ularning asarlari va hayot yoʻlining maʼnaviy ahamiyatini yetkazish maqsadiga qaratildi.

4 (2).png

Tadbirda Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri aktyori, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori, OʻzDSMI professori Muhammadali Abduqunduzov ishtirok etib, buyuk siymolar haqida qiziqarli mulohazalar bildirdi.

5 (2).png

U oʻz nutqida Zahiriddin Muhammad Boburning betakror shaxsiyati haqida toʻxtalib, "Boburnoma" filmida buyuk shoir va sarkarda obrazini yaratish sharafiga muyassar boʻlganini gʻurur bilan taʼkidladi. "Hanuzgacha odamlar meni "Bobur aka" deb chaqirishiga oʻrganib qolganman, men esa bu nomdan faxrlanaman", – dedi u samimiyat bilan.

Shuningdek, tadbirda Bobur haqidagi videofilmdan parchalar namoyish etildi. Bank xodimlari film orqali buyuk sarkardaning hayoti va faoliyatiga oid tarixiy voqealarni tomosha qilish bilan birga, suratga olish jarayoni haqidagi qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

2 (2).png

Muhammadali Abduqunduzov tomonidan Bobur monologi oʻqildi, shoirning qalbini toʻldirgan dard va armon, yurtga boʻlgan sogʻinch hamda muhabbati badiiy ifodalandi.

Tadbirda Navoiy asarlarining jahon madaniyatida tutgan oʻrni haqida ham soʻz yuritildi. Bugun uning asarlari dunyoning yuzlab tillariga tarjima qilingani, jahon adabiyoti va maʼnaviyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgani taʼkidlandi.

Qiziqarli fakt sifatida tadbir davomida shunday maʼlumot keltirildi:

  • Aleksandr Pushkin asarlarida 21 197 ta betakror soʻz ishlatgan.

  • Uilyam Shekspir – 20 000 ga yaqin.

  • Migel de Servantes – 1000 ga yaqin.

  • Alisher Navoiy esa 1 378 660 ta betakror soʻz ishlatgan!

Bu raqamlar Navoiy soʻz boyligining nechogʻlik ulkan ekanini, uning turkiy, forsiy, arabiy, urdu, xitoy va moʻgʻul tillarida mahorat bilan ijod qilganini yaqqol isbotlaydi.

Tadbir davomida Alisher Navoiy va Bobur qalamiga mansub gʻazal va ruboiylar oʻqilib, jonli mushoira tashkil etildi. Ishtirokchilar buyuk siymolar ijodidan ruhiy ozuqa olib, ularning asarlaridan ilhomlangan holda maʼnaviy muloqotga kirishdilar.

6 (2).png

Navoiy va Bobur singari buyuk siymolarning ijodi va hayoti bugungi avlod uchun maʼnaviyat va bilim manbai boʻlib qoladi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

10 Avgust 2026

Bank fuqarolardan kredit mablag‘lari yechib olish masalasini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganmoqda

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bank tomonidan kredit mablag‘lari amaldagi tartib va tegishli hujjatlar asosida ajratilgan. 

10 Avgust 2026

Texnik muammolarga onlayn yechim!

Endi MAVRID ilovasida 24/7 onlayn ariza qoldirish imkoniyati mavjud
7 Avgust 2026

MKBANKda bank tizimi islohotlari va yangi rivojlanish bosqichi mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun bank tomonidan ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 21,55 foizdan boshlab ipoteka kreditlari ajratilishi yoʻlga qoʻyildi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X