
Yaqinda Mikrokreditbankning “Azia invest bank”da Xitoy yuanida korrespondentlik hisob raqami ochildi.
Endilikda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan barcha xalqaro moliyaviy amaliyotlarni mazkur valyutada amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bu esa bank mijozlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.
Ma’lumot oʻrnida, “Azia invest bank” Oʻzbekistonning eng yirik banki Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining xorijdagi shoʻba banki boʻlib, Rossiya Federatsiyasida Oʻzbekistonning savdo-iqtisodiy manfaatlarini himoya qiladi.
Bank Axborot xizmati