Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Korrupsiya – taraqqiyot dushmani

188
Yangilash: 28 Noyabr 2023, 15:16
Image
Korrupsiya – taraqqiyot dushmani

Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Mikrokreditbank viloyat mintaqaviy filiali tomonidan viloyat korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda hududda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda taʼkidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida 2021-yil 1-oktabrdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Mazkur Qaror ijrosi yuzasidan, bankda “Korrupsiyaga qarshi nazorat” departamenti tashkil etilgan. 

Jurnalistlarga Boshqaruvning 2022-yil 16-martdagi 49-sonli “Mikrokreditbank” АTB tizimida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va ularga chek qo‘yish hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” va 2022-yil 24-avgustdagi 167-sonli “Mikrokreditbank” АTB Korruppsiyaga qarshi nazorat departamentining 2023-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ustuvor yo‘nalishda amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar hamda uning ijrosi bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

photo_2023-11-03_11-21-51 (2).jpg

Shuningdek, Mikrokreditbank tizimida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan barcha zaruriy choralarni koʼrishga qaratilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

- korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilib, ularning vakolat va huquqlari, shuningdek, bankning boshqa boʼlinmalari bilan birgalikdagi hamkorligi ichki meʼyoriy hujjatlar bilan aniq belgilab qo‘yilgan;

- mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyoti joriy etilgan;

- bank ehtiyojlari uchun xaridlarni shaffof tizim orqali amalga oshirish, ushbu jarayonda korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va bartaraf etish amaliyotlari joriy qilingan.

Taʼkidlash kerakki, bank faoliyatida korrupsiya holatlarining yuzaga kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan kreditlash amaliyotlarida, aholi va tadbirkorlik subʼektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish eng ustuvor vazifa qilib belgilangan.

Buning uchun, avvalo, bank kredit portfelidagi eng katta yoʼnalish - oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari shaffofligini taʼminlash va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida imtiyozli kreditlarni “oilakredit.uz” yagona elektron platformasi orqali onlayn tartibda ajratish, integratsiyalashgan elektron axborot bazalari qarz oluvchilarni skoring tahlil qilish yo‘lga qoʼyildi.

Bankning yangi “MAVRID” nomli mobil ilovasi ishga tushirilib,chakana bank xizmatlari to‘liq raqamlashtirilmoqda, bunda jismoniy shaxslar uchun kreditlar, kommunal va barcha davlat xizmatlari uchun toʼlovlarni onlayn oʼtkazish, depozit operatsiyalari hamda plastik kartochkalar orqali barcha tranzaktsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Kichik biznes subʼektlari va boshqa yuridik shaxslarning kredit olish yuzasidan murojaatlarini shaffof koʼrib chiqish maqsadida alohida skoring tizimi joriy etildi. Mazkur skoring tizimi qarz oluvchining moliyaviy holati, kredit tarixi, loyihani amalga oshirish istiqbollarini aniq baholash hamda kredit tavakkalchiligini kamaytirish imkonini beradi.

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilda bankning Аloqa markazi tomonidan mijozlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida murojaatlarni tizimli qayta ishlash boʼyicha yangi “Jira” dasturi joriy etildi.

Mikrokreditbankda korrupsiyaning oldini olish choralarini koʼrish, uni keltirib chiqarishi mumkin boʼlgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash hamda bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish borasidagi ishlar kelgusida ham izchillik bilan davom ettiriladi.

Tadbir davomida jurnalistlar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Bank Аxborot xizmati



Yana ko‘ring

16 Yanvar 2026

Bank rahbariyati Buxoro viloyatida aholi hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

Mikrokreditbank rahbariyati ishtirokidagi bu kabi tadbirlar boshqa hududlarda ham davom ettmoqda

14 Yanvar 2026

Yil Aksiyasi: Sovg’alar sizni kutmoqda!

Yangi iPhone, Samsung flagmani yoki hatto BYD avtomobili —  sizniki bo‘lishi mumkin!

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X