Onlayn mikroqarz olish yuzasidan ijtimoiy tarmoq orqali kelib tushgan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Ayni paytda bankning yangi, zamonaviy “Mavrid” mobil ilovasi joriy qilingan bo‘lib, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida “MKB mobile” ilovasidan “Mavrid” mobil ilovasiga bosqichma-bosqich yangi interaktiv bank xizmatlari kiritib borilmoqda.
Shu sababli bankning amaldagi “MKB mobile” ilovasida ayrim texnik nosozliklar va xatoliklar kuzatilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barcha jismoniy shaxslarga interaktiv va bank xizmatlaridan foydalanish uchun "Mavrid" mobil ilovasini tavsiya etamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.
25 Jul 2023
Koʻrishlar: 165