Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

“Mikrokreditbank” ATB UnaFinancial bilan muhim hamkorlik loyihasini kelishib oldi

...
Yangilash: ...
Image
“Mikrokreditbank” ATB UnaFinancial bilan muhim hamkorlik loyihasini kelishib oldi

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Osiyo va Yevropada fintech xizmatlarini taklif etuvchi xalqaro kompaniyalar guruhi – UnaFinancial bilan yangi qo‘shma korxona hamkorligini yo‘lga qo‘ydi

Mikrokreditbank va UnaFinancial o‘zining Singapurdagi Robocash PTE LTD korxonasi orqali mikro va kichik biznes egalarining imkoniyatlarini kengaytirish hamda inklyuziv moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan yangi mikromoliya tashkilotini yaratmoqda. Dunyoning koʻplab mamlakatlarida muvaffaqiyatli fintech loyihalarini yoʻlga qoʻygan UnaFinancial Oʻzbekistonga mikromoliya sektorini rivojlantirish uchun boy xalqaro tajribani olib keladi.

51e4b16d-77c2-4ed0-9c73-6660493e16b0.png

“Ishonchimiz komilki, UnaFinancial kompaniyasining mikromoliyalashdagi tajribasi hamda Mikrokreditbankning mahalliy bozordagi ko‘nikmalarini birlashtirib, biz mikromoliya sektorida katta kuch yarata olamiz”, dedi bankning Boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Akmal Xamidov. “Mijozlarga yuqori sifatli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun biz yangi mikromoliya tashkilotini nafaqat mahalliy bozordagi tajribamiz, balki barcha hududlarni qamrab oluvchi infratuzilmamiz va boshqa resurslar bilan har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz” - deya qo‘shimcha qildi Akmal Xamidov.

“Biz imkoniyatdan foydalanib, ushbu hamkorlikning bir qismi bo‘lishdan xursandmiz”, - deya izoh berdi UnaFinancial kompaniyasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha mintaqaviy direktori Almaz Torutayev. “Bugungi kunda O‘zbekistonda mikromoliya sektori tez o‘sib kelmoqda. 2018-yildan boshlab kredit portfellari hajmi qariyb ikki baravar ko‘paydi. Yangi mahsulotimiz mahalliy bozor rivojiga hissa qo‘shadi, degan umiddamiz. Biz uni mamlakatning barcha hududlarida qulay, ko‘proq mijozlarga o‘z biznesini rivojlantirish uchun moliyaviy jihatdan yordam berishiga intilamiz” - deydi Almaz Torutayev.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan zarur ruxsatnomalar olingandan so‘ng, yangi qo‘shma korxona 2024-yil oxirigacha o‘z faoliyatini boshlashi kutilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Mikrokreditbank hamkor tanlash va mikromoliya tashkilotini yaratish jarayonida yetakchi xalqaro investitsiya banki ScholzvonGleich (SvG)ning konsalting xizmatlaridan foydalandi.

“Mikrokreditbank” ATB haqida
“Mikrokreditbank” ATB O‘zbekiston moliya bozoridagi yetakchi tijorat banklaridan biri bo’lib, hozirgi kunda 19 trln.so‘mdan ortiq jami aktivlar va 3,9 trln so‘m jami kapitalga ega yirik davlat banki hisoblanadi. Mikrokreditbank bugungi kunda moliyaviy inklyuziv xizmatlar va mahsulotlar bilan mamlakatning kichik biznes va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 

UnaFinancial haqida
UnaFinancial — Osiyo va Yevropa bozorlarida o‘zining qulay raqamli moliyaviy yechimlari bilan jadal rivojlanib kelayotgan kompaniyalar guruhi hisoblanadi. Guruh innovatsion texnologiyalar orqali oddiy va ishonchli xizmatlar ko‘rsatish, mijozlarning haqiqatan ham nimaga muhtojligiga e'tibor qaratishni maqsad qilgan. UnaFinancial tashkil topganidan beri 14 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatib, hozirgi kunda 1,5 milliard AQSh dollaridan ortiq kredit portfeli mavjud.

Murojaat uchun ma'lumotlar:
Ushbu loyiha bilan bog‘liq qo‘shimcha so‘rovlar uchun ushbu mas’ul xodimlarga murojaat qiling:
* Abbos Djuraboev, Mikrokreditbank: a.djurabayev@mkb.uz

   * Alyona Nepogodina, UnaFinancial: a.nepogodina@una.financial




Yana ko‘ring

11 Dekabr 2025

Metro va avtobusda yanada qulay to‘lov!

Uzcard Kids yoki Moment kartasini bankimiz filiallarida rasmiylashtiring
10 Dekabr 2025

Infografika: Korrupsiyon holatlar bo‘yicha

Aloqa kanallariga 168 ta murojaatlar kelib tushgan

9 Dekabr 2025

MKBANK shaffoflik va qonun ustuvorligi yo‘lida

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni bo‘yicha “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X