Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11780
Sotish
11875
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11780
11875
11818.07
EUR
13000
14000
13788.14
RUB
143
141.69
GBP
15600
16600
16118.67
CHF
14200
15200
14733.91
JPY
50
100
74.3
Kurs 25.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Mikrokreditbank Qoraqalpogʻistonda yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

270
Yangilash: 20 Fevral 2025, 13:06
Image
Mikrokreditbank Qoraqalpogʻistonda yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

Nukus shahrida “Talaba, bank va biznes” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. 

Tadbirda "Mikrokreditbank" ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shahlo Ibragimova hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining iqtisodiyot yoʻnalishi talabalari oʻzaro samimiy muloqot qildilar. Uchrashuv yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ishbilarmonlik muhitiga tayyorlash hamda bank sohasi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. 

2 (15).png

Maʼlumki, 14-fevral kuni Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashuvida yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ular uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish va yoshlarning gʻoyalarini startaplarga aylantirish masalalari muhokama qilindi. Mikrokreditbank mazkur tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlagan holda, yoshlar uchun ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va ularni tadbirkorlikka jalb qilish borasida amaliy ishlarga kirishdi. 

5 (9).png

Uchrashuv davomida talabalar nafaqat bank va biznes haqida maʼlumot oldilar, balki amaldagi yirik loyihalar bilan ham tanishdilar. 

Uchrashuv ishtirokchilari dastlab Nukus shahridagi bugʻdoyni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurdilar. Loyiha qiymati 16 milliard soʻmni tashkil etib, uni ishga tushirish uchun Mikrokreditbank tomonidan 10 milliard soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Natijada 50 ta yangi ishchi oʻrni yaratildi. Korxona yiliga 12 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ega boʻlib, ichki bozor va eksport uchun mahsulot yetkazib bermoqda. 

3 (13).png

Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan yana bir yirik loyiha — “PRIME MEDICAL GROUP” tibbiy xizmatlar markazi boʻldi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Mikrokreditbank tomonidan 21 milliard soʻm kredit mablagʻi ajratilgan boʻlib, uning umumiy qiymati 30 milliard soʻmni tashkil etadi. Bu markaz ishga tushishi natijasida 45 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan. 

4 (9).png

Loyihalar bilan tanishish jarayonida yoshlar bank tizimi faqatgina moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot emas, balki iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashda muhim vosita ekanini angladilar. 

Uchrashuv doirasida faol talabalar bank amaliyotiga jalb qilindi. Ular Mikrokreditbankning ichki jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Bu tashabbus bank sohasida ishlashni maqsad qilgan yoshlar uchun tajriba maktabi, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishni istaganlar uchun esa mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. 

Bank Axborort xizmati 



Yana ko‘ring

24 Avgust 2026

MKB Premium Plus — biznes uchun qulayliklar bir paketda

Yuridik shaxlar uchun hisobvaraqlarni ochish va yopish — bepul
24 Avgust 2026

MKBANK xodimi nufuzli musobaqada 4-o‘rinni egalladi!

Mazkur musobaqada barcha vazirlik va idoralarning 120 nafardan ortiq xodimlari FIDE qoidalari asosida bahslashdi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X