Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Mikrokreditbankda sanksiyalar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan salbiy oqibatlar oldi olinmoqda

380
Yangilash: 24 Oktyabr 2022, 12:53
Image

     Bugungi kunda yuzaga kelgan geosiyosiy vaziyat sababli, yetakchi xorijiy davlatlar tomonidan Rossiya va Belarus davlatlariga, jumladan ushbu davlatlarning banklari, yuridik va jismoniy shaxslariga  nisbatan sanktsiyalar qo‘llanilishi, shu bilan birga mazkur sanksion shaxslar ro‘yxati oshib borayotgani kuzatilmoqda.

  Shuningdek, yetakchi xorijiy davlatlar tomonidan amaldagi sanksiyalarni aylanib o‘tish yo‘llarini oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilayotgani, jumladan sanksion ro‘yxatdagi jismoniy va yuridik shaxslarga mablag‘ chiqarish yoki ta'qiqlangan yuklarni yuborishga yo‘l qo‘ygan tashkilotlarga nisbatan qo‘shimcha ravishda sanksiyalar qo‘llanilmoqda. Jumladan, AQSh (OFAC, FinCen va BIS) va ittifoqchilar tomonidan belgilangan sanktsiyalar va taqiqlar talablariga rioya etmasdan transchegaraviy to‘lovlar o‘tkazilishi va sanksiya talablarini aylanib o‘tish uchun sharoit yaratilishi xalqaro to‘lov tizimlari va xorijiy banklar tomonidan munosabatlar to‘xtatilishi mumkinligi to‘g‘risida tijorat banklari ogohlantirib borilmoqda.

   Bugungi kunda Mikrokreditbank tizimida sanksiyalar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda bank va mijozlarning faoliyatida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.

   Bankning tashkiliy tuzilmasida Sanktsiyaviy komplayens boshqarmasi tashkil etildi va Reglament ishlab chiqildi. Ushbu boshqarma bank tizimida xorijiy davlatlar yoki halqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan mamlakatlar, yuridik yoki jismoniy shaxslar, ma'lum turdagi mahsulotlar, moliyaviy operatsiyalarga qo‘llanilgan sanktsiya risklarni aniqlash, baholash va xatarlarni oldini olishni amalga oshirishda mas'ul etib belgilandi.

  Shuningdek, bank va mijozlarning moliyaviy faoliyatida sanktsiya ro‘yxtiga tushgan sub'ektlarni aniqlash imkonini beruvchi tegishli dasturlar (Sanction screening utility va boshqalar) o‘rnatilib ishga tushirildi. Bugungi kunda, bank mijozlarining tranzaktsiyalarini o‘tkazishda ushbu dasturlar orqali tekshirish (skrining) o‘tkazilib, bank va mijozga nisbatan sanktsiyaviy xatar mavjud bo‘lmagan taqdirda operatsiya amalga oshirib berilmoqda.

   Shu bilan birga, Bank xodimlarining moliyaviy sanksiyalar bilan ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishda nufuzli moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda seminar - treninglar o‘tkazib borilmoqda. Jumladan, Qozog‘istonning “Zerde” o‘quv markazi bilan hamkorlik olib borgan holda, joriy yilning 17-19 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning ICA komplayens halqaro assotsiatsiyasi ekspertlari tomonidan olib boriladigan “Sanktsiyaviy komplayens” mavzusida treninglar o‘tkazildi hamda seminar yakunida ishtirok etgan bank xodimlari maxsus sertifikatlarga ega bo‘lishdi.



Yana ko‘ring

12 Fevral 2026

MKBANK rahbariyati qoraqalpog'istonlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Muloqotda 50ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etishdi.
12 Fevral 2026

Pul o‘tkazmalari berilish tartibi bo‘yicha rasmiy izoh

Barcha jarayonlar qonunchilik va xavfsizlik talablari asosida amalga oshiriladi.
11 Fevral 2026

Barakali bog' yangi lokatsiyada!

"Agro Star" MCHJ tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X