Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11740
Sotish
11880
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11740
11880
11778.52
EUR
13000
14000
13733.75
RUB
143
138.96
GBP
15600
16600
16057.66
CHF
14200
15200
14671.8
JPY
50
100
73.96
Kurs 26.08.2026 11:30:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

“Mikrokreditbankning moliyaviy ko‘magi bilan bugungi kunda katta tadbirkorga aylandim…”

225
Yangilash: 28 Yanvar 2025, 09:48
Image
“Mikrokreditbankning moliyaviy ko‘magi bilan bugungi kunda katta tadbirkorga aylandim…”

“Yangi O‘zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish – eng muhim vazifamiz bo‘lib qoladi” - degan edi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

Bugun ayollar xalqaro bozorlarga chiqishdan qo‘rqmayapti. Chunki ular xoh kichik biznes egasi bo‘lsin, xoh yirik tadbirkor, sharoit va imkoniyatlar birdek yaratilmoqda. Biznesini boshlamoqchi bo‘lsa, “Biznesga birinchi qadam uchun ko‘mak”, tadbirkorligini kengaytirmoqchi bo‘lsa, imtiyozli shartlardagi kredit mablag‘lari ajratilmoqda. Faoliyat yuritish uchun bino,  mahsulotlarni sotish uchun joy va bozorni ham topib berishga bank xodimlari ko‘makchi bo‘lmoqda.

p1.png

Jumladan, Mikrokreditbank tomonidan ham har bir viloyat, har bir tuman, mahallalarda yangi biznes g‘oyalariga ega xotin-qizlarni aniqlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, loyihalarini sifatli ishlab chiqish va amalga oshirishga har tomonlama ko‘mak berilmoqda. Respublikamizning barcha hududlari kabi Farg‘ona viloyatida  ham xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish orqali, ularning daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ayollar bandligini ta’minlashga erishilmoqda.

“Boboshbek” yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va logistika markazi Mikrokreditbankning eng yirik va unikal loyihalaridan biri.  Loyiha qiymati 250 milliard so‘mni, maydoni esa 15 gektarni tashkil etadi. Ajratilgan yer maydonining 9,2 gektarida ishlab chiqarish va 3,8 gektarida savdo komplekslari tashkil etilgan. Mazkur markazning ishga tushirilishi Hamidaxon Akbarova kabi faol tadbirkor ayollarning samarali faoliyat olib borishi uchun eng katta imkoniyat bo‘ldi, deyish mumkin.

p3.png

Uchko‘prik tumanida faoliyat olib borayotgan Hamidaxon Akbarova boshchiligidagi tikuvchilik korxonasining tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Bu yerda ayni paytda 20 turdan ortiq bolalar kiyimlari ishlab chiqarilib, ham mahalliy bozorga, ham eksportga yo‘naltirilmoqda.

Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mazkur loyihaning qiymati 2,5 milliard so‘mni tashkil etadi. Shundan 1 milliard 304.0 mln so‘mi tadbirkorning o‘z mablag‘lari asosida, 1 milliard 196 million so‘mi bank krediti hisobidan amalga oshirilgan.

“O‘zim 20 yildan buyon tikuvchilik hunari bilan shug‘ullanib kelaman. Ilgari o‘z uyimda faoliyat olib borar edim. Keyinchalik ishimni kengaytirishni maqsad qilib, qo‘shimcha tikuv dastgohlari xarid qilib, 3 ta tikuv mashinasi bilan faoliyatimni davom ettira boshladim. “Izlagan imkon topar”, deganlari shu bo‘lsa kerak, Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, qolaversa, Mikrokreditbankning moliyaviy ko‘magi bilan bugungi kunda katta tadbirkorga aylandim. 20 turdan ortiq bolalar kiyimlarini tikamiz, 35 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlaganman. Bir kunda 2000 ta mahsulot ishlab chiqaramiz, Ularning 1000 tasi ichki mahalliy bozorga, 1000 tasi eksportga yo‘naltirilgan. Asosan, Turkiya Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston davlatlariga eksport qilyapmiz. Maqsadim, faoliyatimizni yanada kengaytirish”,- deydi Hamida opa biz bilan suhbatda.

Mikrokreditbank tomonidan joriy yilning 20-noyabr holatida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida respublika bo‘yicha jami 70 ming nafardan ortiq xotin-qizlarga tadbirkorligi uchun imtiyozli shartlarda 1 trilliondan ortiq kreditlar ajratilgan. Shundan Farg‘ona viloyati bo‘yicha 5230 nafar xotin-qizlar tadbirkorligi uchun 73 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli shartlarda kredit mablag‘lari yo‘naltirilgan. Buning natijasida 5230 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Darhaqiqat, xotin-qizlarimiz uchun erkin, obod va farovon hayot barpo etish – davlatimizning eng ustuvor vazifasi etib belgilangan ekan, bu borada Mikrokreditbank faol ishtirok etishdan to‘xtamaydi.

Bank Axborot xizmati





Yana ko‘ring

24 Avgust 2026

MKB Premium Plus — biznes uchun qulayliklar bir paketda

Yuridik shaxlar uchun hisobvaraqlarni ochish va yopish — bepul
24 Avgust 2026

MKBANK xodimi nufuzli musobaqada 4-o‘rinni egalladi!

Mazkur musobaqada barcha vazirlik va idoralarning 120 nafardan ortiq xodimlari FIDE qoidalari asosida bahslashdi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X