
MKBANK AQSHning yirik kompaniyasi bilan muhim kelishuv imzoladi
Mikrokreditbank AQShning yetakchi xalqaro investitsiya kompaniyalaridan biri — Oppenheimer & Co. bilan 200 mln AQSh dollari miqdorida dastlabki kelishuv (Engagement Letter) imzoladi.

Mazkur kelishuv bankning global moliyaviy institutlar bilan hamkorlikning yangi bosqichiga chiqqanini aks ettiradi hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish strategiyasidagi muhim bosqich hisoblanadi.

Bitimning bank uchun strategik ahamiyati:
▪️ tashqi iqtisodiy faoliyatni (TIF) qo‘llab-quvvatlash va savdo moliyalashtirish yo‘nalishlarini rivojlantirish
▪️ moliyalashtirish manbalari tuzilmasini diversifikatsiya qilish
▪️ bankning xalqaro imijini va investitsion jozibadorligini mustahkamlash
Oppenheimer & Co. bilan Engagement Letter imzolanishi xalqaro investitsiya hamjamiyatining yuqori darajadagi ishonchini tasdiqlaydi hamda Mikrokreditbankning global moliyaviy bozorda faol rivojlanayotgan ishtirokchi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.
Bank Axborot xizmati

















