
MKBANK hamda O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi o‘rtasida Bosh qayta moliyalashtirish kelishuvi imzolandi. Bu hamkorlik — barqaror moliyaviy yechimlar va keng imkoniyatlar sari muhim qadam.

Nimalar o‘zgaradi?
Uy-joy xaridi uchun yanada keng va qulay imkoniyatlar
Uzoq muddatli, maqbul foiz stavkalariga ega ipoteka kreditlari

Mazkur kelishuv aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, real ehtiyojlarga mos moliyaviy mahsulotlarni taklif etish yo‘lidagi strategik qarordir.

Biz bilan yangi xonadon haqidagi orzularingizni ishonchli yechimga aylantiring.
MKBANK — farovon hayot poydevori!

















