
Bilasizki, yurtimizda har yili tashkilot va muassasalar “Karyera kuni” doirasida oʻz boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha bitiruvchi talaba yoshlar bilan ishga joylashish va kasbga yoʻnaltirish boʻyicha muloqotlar olib boradi.

Talabalar, bitiruvchilar va ish beruvchilarni birlashtiruvchi "Karyera kuni" mehnat yarmarkasining navbatdagi manzili Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti boʻldi. Unda qator tashkilotlar, banklar va “Mikrokreditbank” ATBning HR jamoasi qatnashib, bankimizdagi boʻsh ish oʻrinlariga yoshlarni jalb qilish boʻyicha ishtirok etishdi.

Shuningdek, yarmarka doirasida Mikrokreditbank ATB va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur yarmarkada “Mikrokreditbank” ATBning HR jamoasi 200 dan ortiq talaba yoshlarning rezyumelari bilan tanishdi.
“Karyera kuni” mehnat yarmakasida universitetning 1 000 ga yaqin talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda ish beruvchi korxona va tashkilotlar masʼul xodimlari oʻz faoliyatini yorituvchi koʻrgazmali jihozlar va boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan qatnashdi hamda talabalar bilan ishga qabul qilish boʻyicha tanlovlar oʻtkazdi. Mazkur tanlovlarda muvafaqqiyatli oʻtgan 215 nafar talabaga tashkilotlarning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida Sertifikatlari taqdim etildi.

Eng muhimi, tadbir davomida talabalar va universitet bitiruvchilari ishga joylashish borasida oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob topishdi, xususan ish beruvchi korxona yoki tashkilotdagi mavjud vakant oʻrinlar, u yerdagi mehnat va shart-sharoitlar, ish haqi miqdorlari haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati ega boʻlishdi
Eslatib oʻtamiz, yosh bitiruvchi mutaxassislarni ish bilan taʻminlash, ularni kasbga yoʻnaltirish samaradorligini oshirish bu kabi tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsaddir.
Bank Axborot xizmati

















