Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

MKBANK – tadbirkorlarning doimiy ko‘makchisi

277
Yangilash: 21 Avgust 2023, 17:50
Image
MKBANK – tadbirkorlarning doimiy ko‘makchisi

Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-avgustda bu yil uchinchi bor tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 20-avgust – Tadbirkor kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir avvalida davlatimiz rahbari faol tadbirkorlarga yuksak davlat mukofotlarini topshirdi. Shundan so‘ng Prezident mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida nutq so‘zladi. 

- Turli ziddiyatlar tufayli logistika va mahsulot yetkazib berish zanjirining uzilgani, hamkor mamlakatlar valyutasining qadrsizlangani, global miqyosdagi yuqori inflyatsiya oqibatida moliyaviy resurslarning qimmatlashgani kabi omillar ta’sirini tadbirkorlarimiz juda yaxshi bilishadi.  
Tan olish kerak, bundan buyon ham oson bo‘lmaydi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri saboq chiqarib, faqat oldinga intilsak, bizning mehnatkash xalqimiz, ishbilarmon tadbirkorlarimiz har qanday mashaqqatni, albatta, yengib o‘tadi, men bunga ishonaman, – dedi davlatimiz rahbari nutqining avvalida.  

Bunday murakkab sharoitda muammolarni bevosita biznes vakillarining o‘zidan eshitib, ularga birgalikda yechim topish va bu orqali tezkorlik bilan qaror qabul qilish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligi qayd etildi.  

Ta’kidlash lozimki, “Mikrokreditbank” АTB tomonidan ham yurtimizda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator ijobiy natijalarga erishilmoqda. 

Jumladan, o‘tgan 2022-yilda bankning barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 250 977 nafar mijozga 6,6 trln. soʻm miqdoridagi kreditlar ajratilib, 108 409 ta yangi (2021 yilda 60 ming) ish oʻrinlari yaratilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatgichni 7,6 trln. soʻmga yetkazish va uning natijasida 113 800 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi ko‘zlangan. 

2023-yilning o‘tgan davrida bankning barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 133 605 nafar mijozga 3,5 trln. soʻm kredit ajratilib, 63 801 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. 

Albatta, yurtimizda tadbirkorlik muhitini yanada yahshilash uchun ular bilan doimiy muloqotni ham yo‘lga qo‘yish ijobiy natijasini beradi. Bo‘lib o‘tgan “Ochiq muloqot” bo‘yicha respublika shtabi “Call markazlari”ga 2023-yil 17-avgust holatiga ko‘ra “Mikrokreditbank” АTBga tegishli 144 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning barchasi qonun talablariga asosan o‘rganib chiqildi hamda bank vakolati doirasidagilari ijobiy hal etildi. 

Shundan 17 tasi (11 tasiga kredit ajratildi, 6 tasining kredit muddati uzaytirildi) ijobiy hal qilindi, qolgan 127 tasiga esa huquqiy tushuncha berildi. 

Murojaati ijobiy hal etilgan tadbirkorlarimiz haqida misol keltiradigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan murojaat qilgan tadbirkorga “Islambek Daulatbayev” MChJ loyihasi doirasida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish maqsadida 20 ming AQSH dollar aylanma mablag‘ uchun kredit, shuningdek, “DOCTOR-1 MEDICAL CENTER” XK loyihasiga ham PF-213-sonli farmon asosida kredit mablag‘lari ajratildi. 

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash haqida gap ketganda, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Bu borada bankimiz tomonidan ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.   

Jumladan, 2022-yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturiga jami 1,9 trln. soʻm imtiyozli kreditlar ajratilib, natijada 84 364 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Joriy yilda ham oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi ishlarimiz davom ettirilmoqda. 

Misol uchun, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishida yanvar-avgust oylarida 1,2 trln. soʻmlik kreditlar ajratildi hamda 60 340 nafar aholi bandligi ta’minlandi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari Yagona elektron platformasiga 16-avgustga qadar jami 196 573 ta ariza kelib tushgan boʻlib, hokim yordamchilari tomonidan jami 1,3 trln. soʻmlik 63 071 ta ariza ma’qullanib, tavsiya berilgan. Ushbu kreditlar ham bosqichma-bosqich tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolarimizga ajratib beriladi. 

Prezidentimiz tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot”ida ta’kidlaganlaridek: 

“Tadbirkorlik juda ogʻir. Ular bilan gaplashsangiz, eksport qilish, bozor topish azob deydi. Ular koʻp oʻz ustida ishlaydi. Dunyoni kezib, oʻrganib keladi. Ularga ta’zim qilib, rahmat deyman. 
Siz tadbirkorlarga havas qilib, har kuni oʻz ustingizda ishlang. Motivatsiya faqat bilim. Izlanishdan, oʻzingizni qiynashdan charchamang. Shunda Prezident sizni har doim qoʻllab-quvvatlaydi”. 

Biz bunga qo‘shimcha qilib, bank ham bunday tadbirkorlarni qoʻllab- quvvatlaydi, deymiz. 

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

4 Fevral 2026

MKBANKDAN OGOHLANTIRISH!

MAVRID ilovasi orqali kredit olishni vaqtincha cheklab qo'ying
29 Yanvar 2026

MKBANkning Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi Markaziy bank tomonidan taqdirlandi

Ushbu yutuq va e’tirof jamoamizning masʼuliyatli hamda samarali mehnatining yaqqol ifodasidir.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X