Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11740
Sotish
11880
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11740
11880
11823.69
EUR
13000
14000
13797.06
RUB
143
139.74
GBP
15600
16600
16114.51
CHF
14200
15200
14706.08
JPY
50
100
74.32
Kurs 26.08.2026 11:30:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

MKBАNKda 21 oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlandi

411
Yangilash: 20 Oktyabr 2022, 14:50
Image
MKBАNKda 21 oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlandi

Tilshunos olimlar inson hayoti uchun suv va havo qanchalik zarur boʼlsa, soʼz ham shunday ulugʼ maqomga egaligini doimo eʼtirof etishadi. Soʼz tirik jon yangligʼ ilohiy neʼmat, unga yolgʼon, soxtalik aralashsa, taʼsir kuchi va jozibasini yoʼqotadi.

Til — millat koʼzgusi. Darhaqiqat, tili rivojlanmagan elning ruhida yuksalish boʼlmaydi, u oʼzligidan, milliyligidan tobora uzoqlashaveradi. Milliy til xuddi bayroq, madhiya, gerb kabi qadrli va aziz. Unda har bir millatning ruhi, dunyoqarashi aks etadi. Shu bois ham ona tilimizni ulugʼlash, uning borligini-da bir neʼmat bilib, bayram sifatida nishonlash har bir millat vakili uchun farzdir.

Bilamizki, 2019-yil 21-oktabr kuni Davlatimiz rahbari «Oʼzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Farmonni imzoladi. 2020-yil 10-aprelda esa Davlatimiz rahbari tomonidan «Oʼzbek tili bayrami kunini belgilash toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuni imzolanib, 21-oktabr Oʼzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21 oktabr — Oʼzbek tili bayrami kuni munosabati bilan bugun “Mikrokreditbank” АTBda ham maʼrifiy-madaniy tadbir oʼtkazildi.

Tadbirda filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori, Senat bosh maslahatchisi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, “Oʼzbekiston belgisi” koʼkrak nishoni sohibi Аzizbek Turdiyev, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi, "Shuhrat" medali, "Madaniyat va sanʼat fidokori" koʼkrak nishoni sohibasi, “Saodat” jurnalining Bosh muharriri, shoira Munavvara Usmonova va Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira, “Saodat” jurnalining muharrir oʼrinbosari Qutlibeka Rahimboyevalar ishtirok etishib, ular bilan tilimizning bugungi yutuq va bu yoʼlda amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

Аyniqsa, mehmonlarning tilimizni asrash va uning bugungi mavqei haqidagi hayotiy misollari, sheʼr va maʼruzalari bank xodimlarining bu boradagi bilimlari kengayishida foydali boʼldi. Savol-javoblarga boy oʼtgan mazkur tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

Shundan soʼng, bank xodimlari oʼrtasida tashkil etilgan tanlov gʼoliblariga oʼz sovgʼalari topshirildi.




Yana ko‘ring

26 Avgust 2026

MKBANK — Silk Road Finance & Technology Forum 2026’da!

MKBANK vakillari xalqaro ekspertlar va texnologik kompaniyalar bilan tajriba almashib, moliyaviy xizmatlarni yanada rivojlantirish va mijozlar uchun qulay raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni o‘rgandi.

24 Avgust 2026

MKB Premium Plus — biznes uchun qulayliklar bir paketda

Yuridik shaxlar uchun hisobvaraqlarni ochish va yopish — bepul

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X