Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11880
Sotish
11965
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11880
11965
11915.64
EUR
13000
14000
13749.46
RUB
147
146.19
GBP
15600
16600
16034.88
CHF
14200
15200
14719.75
JPY
50
100
75.48
Kurs 06.08.2026 11:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

MKBANKda “Barakali bug‘doy” va “Agro zaxira” kredit mahsulotlari joriy etildi

116
Yangilash: 2 Sentyabr 2025, 13:02
Image
MKBANKda “Barakali bug‘doy” va “Agro zaxira” kredit mahsulotlari joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi “2025-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorni don bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 345-sonli qarorida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan urug‘lik bug‘doyni xarid qilish, tayyorlash va sug‘urtalash xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddatga (shundan, 6 oy imtiyozli davr bilan), Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridan 4 foiz bandga past stavkada kredit resurslarini urug‘lik bug‘doy tayyorlash korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklariga joylashtirilishi ma’lum qilingan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, tijorat banklariga ushbu kredit resurslari hisobidan urug‘lik bug‘doy tayyorlash korxonalariga sug‘urta polisi asosida Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 12 oy muddatga (shundan, 6 oy imtiyozli davr bilan) kredit ajratishi belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga (fermer xo‘jaliklariga) sifatli urug‘ yetkazib berish maqsadida urug‘lik bug‘doyini xarid qilish hamda tayyorlashda talab etiladigan aylanma mablag‘lar uchun “Barakali bug‘doy” krediti ishlab chiqildi.

Mazkur kredit milliy valyutada tadbirkorlik subyekti hisoblangan yuridik shaxslar uchun taqdim etiladi. Bunda mijozdan Fyuchers va kontraktatsiya shartnomasi, ariza, biznes-reja yoki pul oqimlari prognozi, tovar va mahsulotlar (xizmatlar) bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi nusxasi va boshqa qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.

Shuningdek, bank tomonidan hududlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda asosiy iste’mol mahsulotlari tannarxining oshib ketishining oldini olish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlash hamda saqlash va qayta ishlashda talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun “Agro zaxira” kredit mahsuloti ham ishlab chiqildi.

“Agro zaxira” krediti kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari, ya’ni qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha maxsus ombor, sovutish omborlariga ega bo‘lgan mijozlarga yoki ushbu faoliyatni amalga oshirish va bino-inshootidan foydalanish huquqni beruvchi ijara shartnomalari rasmiylashtirgan yuridik shaxslar uchun 6 oygacha, 4 oygacha asosiy qarz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli muddat bilan taqdim etiladi.

Kreditning yuqori miqdori 5 mlrd.so‘m bo‘lib, yillik 30 foizni tashkil etadi.

Bank Axborot xizmati





Yana ko‘ring

7 Avgust 2026

MKBANKda bank tizimi islohotlari va yangi rivojlanish bosqichi mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun bank tomonidan ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 21,55 foizdan boshlab ipoteka kreditlari ajratilishi yoʻlga qoʻyildi.

6 Avgust 2026

“Kitob o‘qish soati”da “Dunyoning ishlari” asari mutolaa qilindi

Asar har bir ishtirokchini o‘z hayoti, yaqinlari va qilayotgan ezgu ishlari haqida yana bir bor mushohada qilishga undadi.

6 Avgust 2026

Navbatdagi matbuot anjumaniga taklif qilamiz!

Tadbirda OAV vakillari, iqtisodiy tahlilchilar va sohaga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X