
MKBANKda 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan "Muqaddasdir vatan bayrog‘i” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida bank xodimlarining bayroq yasash mahorati sinovdan o‘tkazildi va tanlov g‘oliblari aniqlanib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Barchamiz uchun vatanimizning muqaddas ramzi – Davlat bayrog'i aziz bo'lib, u erkimizning eng muhim timsolidir.
O'zbekistonliklarning asriy orzu-istaklarini, g'ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo'stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g'ururini mujassam etgan bayrog'imiz Vatanimiz ertasini, kuch va qudratini aks ettirishda bardavom bo'lsin!
Yurtdoshlarimizni davlatimizning bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Barchangizga tarixiy qutlug' sana muborak bo'lsin!