
MKBANKda "Yoshlar forumi 2023" doirasida bank Rahbariyati bilan "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.
Dastlab MKBANK Yoshlar yetakchisi tomonidan 2023-yil davomida bajarilgan ishlar bo'yicha hisobot bilan boshlangan muloqot, keyinchalik "MKBQuiz" tanloviga aylanib yoshlar o'rtasida haqiqiy bellashuv kayfiyatini yuzaga keltirdi.
Shundan so'ng badiiy qism yakunlanib, ochiq muloqot o'tkazildi.
Muloqot davomida yoshlarning faoliyatini yanada takomillashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan taklif va tashabbuslari tinglanib, 2024-yilda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan ishlar rejalashtirilib olindi.
Ma'lumot uchun, MKBANK tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning 35 foizini aynan 30 yosh bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi.
Bank Axborot xizmati