
Xitoyning eng yirik va nufuzli banklaridan biri — “Bank of China”da xitoy yuanida (CNY) to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrespondentlik hisobvarag‘i ochildi. Mazkur yangilik bankning xalqaro hisob-kitoblar tizimidagi imkoniyatlarini yanada kengaytirib, mijozlarga yangi qulayliklar yaratadi.
Endilikda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari Xitoy bilan o‘zaro hisob-kitoblarni:- milliy valyutada (CNY)
- tezkor va ishonchli tarzda
- ortiqcha vositachilarsiz
- minimal xarajatlar bilan
- zamonaviy bank infratuzilmasi orqali amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bank Axborot xizmati


















