Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

MOLIYAVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH YO‘LIDA

96
Yangilash: 14 Iyul 2025, 09:40
Image
MOLIYAVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH YO‘LIDA

Joriy yilning 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1043-sonli Qonuni qabul qilinib, “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi qonunga kredit munosabatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur huquqiy hujjat orqali moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, aholining huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda bank-mijoz munosabatlarida shaffoflikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Yangi qonunga ko‘ra, har qanday kredit rasmiylashtirish jarayoni faqat fuqaroning bevosita ishtiroki va roziligi asosida amalga oshiriladi. Endilikda shaxs xabardor bo‘lmasdan yoki rozilik bildirmasdan turib, uning nomiga kredit rasmiylashtirilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, qonun asosida fuqarolarga o‘z nomlariga kredit ajratilishini ixtiyoriy ravishda taqiqlash huquqi berildi. Bunda fuqaro kredit byurosiga murojaat qilib, “kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestri”ga kiritiladi. Ushbu reyestrdagi shaxslarga hech bir moliya tashkiloti tomonidan kredit ajratilmaydi. Ta’qiq faqat fuqaroning o‘zi tomonidan yozma ariza asosida bekor qilinadi.

Mazkur mexanizm aholining moliyaviy huquqlarini himoya qilish, firibgarlik yo‘li bilan kredit ajratilishining oldini olish va fuqarolarning moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Bundan tashqari, qonun doirasida kredit byurolari faoliyatini tartibga soluvchi yangi talablar joriy etildi. Jumladan:

 • kredit byurosi ustav fondining eng kam miqdori 2 milliard so‘m etib belgilandi;

 • qonun talablarini buzgan taqdirda Markaziy bank tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 ming baravargacha jarima qo‘llanilishi mumkin;

 • iste’molchilar huquqini buzish, qalbaki hujjatlar taqdim etish va qonuniy faoliyat yuritmaslik holatlarida litsenziya bekor qilinishi mumkin;

 • shuningdek, kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar haqidagi yagona reyestr Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda kredit byurolari tomonidan yuritiladi va banklar uchun majburiy hisoblanadi.

Ushbu qonun orqali mamlakatimizda moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligi va ishonchliligi yanada oshadi. Bank tizimining ochiqligi va adolat tamoyillari asosida ishlashi, aholining moliyaviy manfaatlari yuqori darajada himoyalanishi ta’minlanadi.

Bank axborot xizmati



Yana ko‘ring

10 Mart 2026

Diqqat! MKBANK tizimida texnik ishlar olib borilmoqda!

11-mart soat 00:00dan 08:00ga qadar masofaviy xizmatlarda uzilishlar bo'ladi
10 Mart 2026

Korrupsiyasiz bank: MKBANKda navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi

Seminar davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, bu illatga birgalikda kurashish lozimligini bildirishdi.

7 Mart 2026

MKBANK xodimi “MO‘TABAR AYOL” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi!

Bu yuksak eʼtirof — nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki butun jamoamiz mehnatiga berilgan eʼtibor namunasidir.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X