Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11780
Sotish
11875
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11780
11875
11818.07
EUR
13000
14000
13788.14
RUB
143
141.69
GBP
15600
16600
16118.67
CHF
14200
15200
14733.91
JPY
50
100
74.3
Kurs 25.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Navbatdagi yirik loyihaga press-tur tashkil etildi

409
Yangilash: 24 May 2024, 17:34
Image
Navbatdagi yirik loyihaga press-tur tashkil etildi

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki bugungi kunda oʻzining xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilingan mablagʻlari bilan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga doir investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan jarayonlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 

Mazkur yoʻnalishdagi korxonalar faoliyatini keng yoritish maqsadida bank tomonidan moliyalashtirilgan Toshkent viloyatidagi “Inter Agro Broiler Breeders” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga bir guruh OAV vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida ishtirokchilar korxonada parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlishdi. 

bc1833ab-da58-4b06-b0e8-3a4a1a799c95 — копия.jpg

Toshkent viloyati Nurafshon BXO mijozi “Inter Agro Broiler Breeders” korxonasiga 2022-yilda parrandachilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun ona tovuq joʻjalari hamda parranda ozuqa yemi sotib olish uchun 20 mlrd. soʻm miqdorida kredit ajratilgan.

Tadbirkor “Mikrokreditbank”dan imtiyozli kredit olgani uchun 3 yildan beri qiynalmay, shu darajaga yetganini bildirdi.

ecddd16d-1af4-4f90-8455-b9ddb2f088e0 — копия.jpg

– Davlatimiz rahbarining Vengriya va AQSHga rasmiy tashriflaridagi erishilgan kelishuvlar ishimizni ancha osonlashtirdi. Shu tariqa hozir yana yangi loyihalar ustida ishlab, “Mikrokreditbank”dan yana bemalol kredit olishimiz mumkin, – dedi korxona rahbari Rustam Saidov.

a106662a-9b90-444d-83aa-7d4e1bce7e6c.jpg

Loyihaning umumiy qiymati 30 mlrd. soʻmni tashkil etadi. Bank tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy yordam natijasida 2023-yilda 58,2 mlrd. soʻmlik pul aylanmalari amalga oshirilgan. Eng muhimi, ushbu korxonada hozir 200 dan ziyod yangi ishchi oʻrni yaratilgan.

50 gektarlik yerda joylashgan mazkur korxona hududi 3 ta zonaga boʻlinadi. Har uchala zonada jami 42 ta sex ishlaydi. Bir oyda 1,7-1,8 mln. dona inkubatsion tuxum yetishtiriladi. Shu tariqa mazkur yoʻnalishda Oʻzbekistonni 30 foiz mahsulot bilan taʼminlaydi.

Mahsulotlarning 50 foizi mahalliy bozorga, qolgan yarmi esa 7 ta davlat – Ozarbayjon, Rossiya, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Tojikiston, Saudiya Arabistoni va Qirgʻizistonga eksport qilinadi.

Maʼlumot uchun, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan joriy yil boshidan beri tadbirkorlik subyektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun 95 ta loyihaga jami 384,4 mlrd. soʻm ekvivalentida mablagʻlar ajratilgan.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

24 Avgust 2026

MKB Premium Plus — biznes uchun qulayliklar bir paketda

Yuridik shaxlar uchun hisobvaraqlarni ochish va yopish — bepul
24 Avgust 2026

MKBANK xodimi nufuzli musobaqada 4-o‘rinni egalladi!

Mazkur musobaqada barcha vazirlik va idoralarning 120 nafardan ortiq xodimlari FIDE qoidalari asosida bahslashdi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X