
Joriy yil 6-iyul kuni MKBANK bosh ofisida Polsha-Oʼzbekiston savdo sanoat palatasi bosh direktori Yatsek Mixalski bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Mazkur uchrashuvda ikki davlat eksport-importi bilan bogʼliq loyihalarni oʼrganish va moliyalashtirish boʼyicha muzokaralar oʼtkazildi.
Uchrashuv soʼngida tomonlar oʼrtasida oʼzaro hamkorlik boʼyicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Bank Axborot xizmati