Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11920
Sotish
11995
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11920
11995
11937.89
EUR
13000
14000
13769.16
RUB
145
141.76
GBP
15600
16600
16107.79
CHF
14200
15200
14690.98
JPY
50
100
74.92
Kurs 14.08.2026 11:10:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy tizim yaratiladi

280
Yangilash: 11 Aprel 2025, 18:22
Image
Qishloq xo‘jaligida zamonaviy tizim yaratiladi

Yurtimizda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, unda samaradorlik va eksportboplikni oshirish, aholining tomorqalarini ishga solish borasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Davlatimiz rahbarining 2025-yil 14-fevraldagi “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni va “Uzagrostar Xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish haqida”gi qarori ana shunday islohotlarning amaliy ifodasi boʻldi. 

3 (47).png

Yuqoridagi qaror asosida yangi tashkil etilgan “Quva-Agro Star” va “Fargʻona-Agro Star” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari Mikrokreditbankka ishshonchli boshqaruvga berildi. 

6 (31).png

Ushbu ixtisoslashgan kompaniyalarning asosiy vazifalari etib, bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarda mavjud tomorqa va yer maydonlari hajmi, mahallalar ixtisoslashuvi, asosiy eksport yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda sifatli urug‘ va ko‘chatlarni tanlash, olib kelish va ularning ekilishini tashkil etish, mahsulot yetishtirish va qayta ishlashga xalqaro standartlarni joriy qilishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari brendini yaratish, yuqori qiymatli bozorlarni topish uchun yetakchi tadbirkorlar, xalqaro mutaxassislar bilan hamkorlik qilish hamda loyihalarni birgalikda amalga oshirish, yashil texnologiyalar asosida kamida 1 gektargacha maydonda zamonaviy issiqxonalar barpo etish, agroturizmni rivojlantirish belgilandi. 

2 (48).png

Mevachilik va koʻchatchilikda yangi lohiya

Kompaniyalar tomonidan Fargʻona va Quva tumanlarida mahallalardagi aholi bilan yaqin hamkorlikda, hokim yordamchilari koʻmagida bogʻdorchilikka ixtisoslashgan hududlar xatlovdan oʻtkazildi. Tomorqalarda meva va gul koʻchatlari yetishtirishga alohida eʼtibor qaratildi. “Fargʻona-Agro Star” va “Quva-Agro Star” kompaniyalari mahalliy hamda xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar imzolab, oʻrik, gilos va boshqa mevalarning yuqori hosil beradigan navlarini yetkazib berishni yoʻlga qoʻydi. 

4 (37).png

Bundan tashqari, kompaniyalar ko‘magida:
- Beshariq tumanida 86 nafar kambagʻal oilaga 4 ming dona oʻrik koʻchatlari homiylik asosida yetkazildi;
- Buxoro viloyatida 53 ta mahalladagi 380 ta xonadonga 10 ming dona oʻrik va shaftoli koʻchatlari tarqatildi; 
- Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida ijaraga berilgan 32,8 gektar yerda 100 nafar fuqaro ishtirokida intensiv bogʻlar yaratilmoqda. 

Texnologiya, bilim va raqamlashtirish – kelajak poydevori

Agrar sohani yuqori darajaga olib chiqish uchun innovatsion yechimlar talab etiladi. Shu maqsadda, yangi tashkil etilgan kompaniyalar tuproq tahlili, seleksiya ishlari va agrotexnik tadbirlarni avtomatlashtirishda Veris, Soilmeter, CropX kabi zamonaviy sensorlardan foydalanishni rejalashtirgan. 

Shuningdek, fermer va dehqonlar uchun onlayn darslar, mobil maslahat ilovalari, ish rejalari uchun raqamli kundaliklar, oʻquv videolar va interaktiv platformalar ishlab chiqiladi. Kaliforniya universiteti, Kornell universiteti va BMT FAOsi kabi nufuzli tashkilotlarning qo‘llanmalari oʻzbek tiliga tarjima qilinadi. 

7 (22).png

Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va eksport salohiyat

Joriy yilning 1-choragida Mikrokreditbank tomonidan respublikamiz bo‘yicha 3 520 nafar aholi va xoʻjaliklarga meva yetishtirish va qayta ishlashga 45,5 milliard soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi. 

Shu bilan birga, Quva tumanida 3 gektar maydonda yashil texnologiyalar asosida “Quva-Agro Star” agrologistika markazi tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu markazda sovutgich va muzlatgich omborlari, qadoqlash va qayta ishlash sexlari, elektron savdo platformalari, eksport uchun sertifikatlash markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 

5 (38).png

Kompaniyalar mahalliy mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos ravishda qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilishga ko‘maklashadi. Bunda Intertek, SGS Agriculture kabi nufuzli xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Dehqon xoʻjaliklari yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilib, eksport litsenziyalariga ega boʻladi. 

Xulosa oʻrnida...

“Agro Star” modelining joriy etilishi nafaqat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning samaradorligini oshiradi, balki aholi daromadini koʻpaytirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, ilm va texnologiyaga asoslangan qishloq hujaligi mahsulotlarini yetishtirishda muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi. Yangi tizimning qadamlari esa fermer va dehqonning har bir tomorqasini ishlab chiqarish maydoniga aylantirishni maqsad qilgan.

Abdugʻani Achildiyev, 
“Mikrokreditbank” ATB Mahallabay ishlash 
va hududiy loyihalarni boshqarish departamenti direktori oʻrinbosari



Yana ko‘ring

14 Avgust 2026

Dam olish kunlari ham ishlaymiz!

15 va 16-avgust (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi.
12 Avgust 2026

Jamoatchilik eshituvi: 6 oyda 2 750 nafar xodim o‘qitildi, 67 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi

2026-yil may oyida Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tarkibida Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va xaridlar ustidan nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi.

12 Avgust 2026

MKBANK ilk bor S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingini oldi

Bankka “BB-” darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingi “Barqaror” (Stable) prognozi bilan berildi

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X