
Joriy yilning 4-iyun kuni “ZOMINIY” telegram kanalida bankning Zomin bank xizmatlari markazida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati pastligi, ya’ni mijozlar uzoq vaqt kutib qolayotganligi yuzasidan murojaat chiqarildi.
Mazkur holat bank mas’ullari tomonidan o‘rganildi.
Qayd etilishicha, Zomin BXMda so‘nggi yillarda mijozlar soni ortib borayotganligi sabab ularga xizmat ko‘rsatishda ba’zi noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Bundan kelib chiqib, bank Boshqaruvi tomonidan mazkur BXMga qo‘shimcha 6 ta yangi shtat birliklari, jumladan, universal kassir shtati ham ochilishi belgilandi.
Yaqin oylarga yangi shtat birliklariga malakali xodimlar ishga olinib, yuqoridagi noqulayliklar bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.
Bank Axborot xizmati


















