
Ayni paytda "Mikrokreditbank" ATB tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida Mavluda opa Alimbetova xonadonida hududdagi 50 dan ortiq xotin-qizlar uchun amaliy seminar oʻtkazilmoqda.

Tadbirda “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shahlo Ibragimova ham ishtirok etmoqda.


Mazkur seminarda jizzaxlik “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor” Sharofat Noriyeva uy sharoitida gulchilik va dehqonchilik orqali kichik yerdan daromad olish boʻyicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Ta’kidlash kerakki, bu kabi tadbirlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va ularni tadbirkorlikka jalb etishda muhim ahamiyatga ega.
Bank Axborot xizmati

















