Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11870
Sotish
11950
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11870
11950
11857.35
EUR
13000
14000
13746.23
RUB
145
139.32
GBP
15600
16600
16075.01
CHF
14200
15200
14640.51
JPY
50
100
74.46
Kurs 17.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Qoraqalpog‘istonda “Orzudan muvaffaqiyatgacha…” forumi boʻlib oʻtdi

322
Yangilash: 28 Yanvar 2025, 10:29
Image
Qoraqalpog‘istonda “Orzudan muvaffaqiyatgacha…” forumi boʻlib oʻtdi

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tashabbusi va Respublika Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, "Hamroh" xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi hamkorligida Nukus shahrida “Orzudan muvaffaqiyatgacha…” shiori ostida ikkinchi xotin-qizlar forumi oʻtkazildi.

4 (1).png

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash, ular uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, kasb-hunarga oʻrgatish, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.

6 (1).png

3.png

11 (1).png

Forumda qoraqalpogʻistonlik tadbirkor va ishbilarmonlar, shuningdek, tadbirkorlikka qiziqqan 250 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbirda bank tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va ularning faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

12.png

13 (1).png

Xususan, 2021–2024-yillarda “Mikrokreditbank” tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 210 mingdan ortiq xotin-qizlarga 3,7 trln. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Shu jumladan, Qoraqalpogʻistonda 19 mingga yaqin xotin-qizlar uchun 267 mlrd. soʻm kredit yoʻnaltirildi.

6.png

2024-yilning oʻzida bank 89 592 nafar xotin-qizning biznesini moliyalashtirish uchun 1 trln. 604 mlrd. soʻm imtiyozli kredit ajratdi. Natijada 92 200 nafar ayolning bandligi ta’minlandi. Shuningdek, PQ-122-sonli qaror asosida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan mablagʻ jalb qilinib, 19 370 nafar xotin-qizga 253,2 mlrd. soʻm kredit berildi.

1 (2).png

2 (1).png

8 (1).png

2024-yil 7-martda qabul qilingan 122-sonli Prezident qarori xotin-qizlar tadbirkorligini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim hujjatlardan biri boʻldi. Mazkur qaror asosida ayollarni biznesga jalb qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari aniq belgilab berildi.

10.png

17.png

Misol uchun, Nukus shahridagi “Qoskөl” mahallasining 2 148 nafar aholisi orasida xotin-qizlar faol tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqda. Ular kasanachilik, hunarmandchilik, parrandachilik, hamshiralik kabi 15 ga yaqin yoʻnalishda oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan. Yil boshidan buyon ushbu mahallada 92 nafar xotin-qizga bank tomonidan 841 mln. soʻmdan ortiq imtiyozli kredit ajratildi. Ularning aksariyati uydan chiqmagan holda tadbirkorlikni boshlashga muvaffaq boʻldi.

15.png

Forum doirasida Chimboy tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Guliston” mahallasining tadbirkor ayoli Mavluda Alimbetova xonadonida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda jizzaxlik tajribali tadbirkor, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor” Sharofat Noriyeva ishtirok etdi va mahalladagi 50 dan ortiq xotin-qizga gulchilik va dehqonchilikdan daromad topish sirlarini oʻrgatdi.

16.png

7.pngMa’lumotlarga koʻra, mamlakatimizda iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida ayollar ulushi 46 foizni tashkil etadi. Shuningdek, 120 mingdan ziyod kichik biznes subyektlariga va 4 550 dan ortiq fermer xoʻjaliklariga ayollar rahbarlik qilmoqda. Kelgusi ikki yilda kichik va oʻrta biznesda xotin-qizlar ulushini 25 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilgan.

2.png

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar minglab ayollarning biznes-loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashmoqda. Bank 2025-yilda ham bu yoʻnalishdagi ishlar koʻlamini yanada kengaytirishni rejalashtirgan. Tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan xotin-qizlar faoliyati muntazam oʻrganilib, ularga amaliy yordam koʻrsatib boriladi.

15 (1).png

Eslatib oʻtamiz, “Orzudan muvaffaqiyatgacha…” forumi ilk bor Buxoro shahrida oʻtkazilgan edi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

17 Avgust 2026

MKBANK va FOTON strategik hamkorlik va boʻlib toʻlash shartlari!

Imtiyozli shartlari 0% bo’lib to’lash asosida rasmiylashtirishlari mumkin
14 Avgust 2026

“Zolotaya Korona” yana faol!

Endi ushbu xizmat orqali pul yuborish va qabul qilish imkoniyati odatdagidek ishlaydi.
14 Avgust 2026

Tadbirkorlik faoliyati uchun maqsadsiz kredit — biznesingiz uchun qo‘shimcha moliyaviy imkoniyat

Kredit 5 000 AQSH dollaridan 500 000 AQSH dollarigacha ajratilinadi

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X