Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11880
Sotish
11965
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11880
11965
11915.64
EUR
13000
14000
13749.46
RUB
147
146.19
GBP
15600
16600
16034.88
CHF
14200
15200
14719.75
JPY
50
100
75.48
Kurs 06.08.2026 11:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Quvada “Gilos sayli” festivali o‘tkazildi

197
Yangilash: 28 May 2025, 18:13
Image
Quvada “Gilos sayli” festivali o‘tkazildi

“Mikrokreditbank” ATB hamda “Quva-Agro Star” MCHJ tomonidan 2025-yil 28-may kuni Fargʻona viloyati Quva tumanida “Gilos sayli” festivali o‘tkazildi. Unda “Mikrokreditbank” ATB rahbariyati, viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, bog‘bonlar, tadbirkorlar, sayyohlar, OAV hamda aholi vakillari ishtirok etdi.

4 (92).png1 (102).png

5 (92).png

Tadbirda mevali bogʻ yaratish istiqbollari, yurtimizda yetishtirilgan mevalarning xorijga eksport qilish imkoniyatlari, erishilgan natijalar, galdagi vazifalar muhokama qilindi.

Mazkur festival doirasida agrosanoat sohasini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan seminar tashkil etildi. 

3 (103).png

Shuningdek, “Gilos sayli” doirasida “Mikrokreditbank” ATB mutasaddilari tomonidan soʻnggi oylarda Quva tumanida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi va bu haqda batafsil maʼlumot berildi. 

Ta’kidlash kerakki, joriy yilning 30-yanvarida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Prezident tomonidan tijorat banklariga aniq hududlar biriktirilib, ular orqali agrar sohani qoʻllab-quvvatlash topshirilgan edi. 

Mikrokreditbankka Quva tumani biriktirildi. Shunga muvofiq, Quva tumanida “Quva-Agro Star” MCHJ, Fargʻona tumanida esa “Fargʻona-Agro Star” loyiha ofisi tashkil qilindi. 

2 (102).png

Mazkur tuzilmalar orqali: 
 • agrar sohada oʻquv-seminarlar tashkil etildi (jumladan, turkiyalik mutaxassis va mahalliy agronomlar ishtirokida 10 ta seminar); 
• Belorussiyadan xalqaro ekspert jalb etildi; 
• aholi tomorqalari va ijara yerlari xatlovdan oʻtkazildi; 
• 8 ta, umumiy qiymati 11,2 mlrd soʻmlik (8 mlrd soʻmi kredit) loyihalar shakllantirilib, “Bogʻdorchilik” kredit mahsuloti asosida moliyalashtirildi; 
• Quva va boshqa tumanlarda muzlatkichlar, qadoqlash va konservalash infratuzilmalari qurilishi boshlandi. 

Bank tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 4 ming nafarga yaqin aholi va qishloq xoʻjaligi subyektlariga 50 mlrd soʻmdan ortiq imtiyozli kredit ajratilib, mevali bogʻlar tashkil etishga yordam berildi. 

Bu ishlar hududda eksport salohiyatini oshirishda ham oʻz samarasini koʻrsatmoqda. Misol uchun, 2025-yil 27-may holatiga koʻra, gilos — 13 ming tonna 23,5 mln dollarlik, oʻrik — 8 ming tonna 6,5 mln dollarlik, quritilgan oʻrik (turshak) — 6,2 ming tonna, 9,2 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi. 

Shuningdek, joriy yilning fevral-may oylarida Quva, Oʻzbekiston va Beshariq tumanlari hamda Quvasoy shahridagi 236 ta xonadonga 11 ming dona mevali daraxt koʻchatlari yetkazib berildi va ekildi.

Xulosa qilib aytganda, Quva tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish va aholi farovonligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. 

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

7 Avgust 2026

MKBANKda bank tizimi islohotlari va yangi rivojlanish bosqichi mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun bank tomonidan ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 21,55 foizdan boshlab ipoteka kreditlari ajratilishi yoʻlga qoʻyildi.

6 Avgust 2026

“Kitob o‘qish soati”da “Dunyoning ishlari” asari mutolaa qilindi

Asar har bir ishtirokchini o‘z hayoti, yaqinlari va qilayotgan ezgu ishlari haqida yana bir bor mushohada qilishga undadi.

6 Avgust 2026

Navbatdagi matbuot anjumaniga taklif qilamiz!

Tadbirda OAV vakillari, iqtisodiy tahlilchilar va sohaga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X