
Haligacha uyingiz yoki ofisingiz uchun foydali, energiya tejovchi quyosh panellarini o’rnatmadingizmi? Mikrokreditbank siz uchun har tomonlama qulay bo’lgan quyosh panellaridan foydalanishni taklif etadi.
Quyosh panellari xavfsiz, tejamkor, atrof-muhit uchun bezarar, har tomonlama qulay bo'lgan energiya manbaidir. U Quyoshdan kelayotgan yorug'lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradigan qurilma. Bunday uskuna yordamida uyda ham ish joyida ham ancha muncha energiyani tejash mumkin.
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish va oʻrnatish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish jarayonlarining energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun “Green energy” kredit moduli yaratildi.
Ayni paytda bank tomonidan tadbirkorlik subyekti hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun 19 foizda 60 oygacha bo‘lgan muddatda 5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratilmoqda.
Bundan tashqari jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shamol generatorlari, quvvati 1 MVt gacha boʻlgan mikro va kichik gidroelektrostansiyalari, biogaz ishlab chiqaruvchi uskunalar, biogaz qurilmalari, boshqa qayta tiklanuvchi energiya manba qurilmalari, energiya saqlash tizimlari, maishiy energiya samarador gaz gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish uchun "Saving energy" iste’mol kredit mahsuloti ishlab chiqildi.
Ushbu kredit liniyasi jismoniy shaxslar uchun yillik 18 foizda 60 oygacha bo‘lgan muddatda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha ajratilmoqda.
Bugungi kunda quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish istagini bildirgan 2000 mingdan ortiq aholi xonadonlariga 55 mlrd.soʻm va tadbirkorlar, quyosh panellari va energiya tejovchi qurilma(texnologiya)larni yetkazib berib oʻrnatuvchi 179 ta korxonalarga 25,7 mlrd.soʻm kredit mablagʻlari ajratdi.
Agar Siz ham xonadoningiz yoki korxonangizga energiya manbasini tejovchi quyosh panellarini o‘rnatmoqchi bo'lsangiz uni Mikrokreditbankda rasmiylashtiring.
Bank Axborot xizmati