Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11945
Sotish
12005
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11945
12005
11948.58
EUR
13000
14000
13793.44
RUB
145
144.29
GBP
15600
16600
16162.84
CHF
14200
15200
14725.88
JPY
50
100
75.1
Kurs 13.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Sirdaryoda xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati oʻrganildi

338
Yangilash: 16 Avgust 2024, 11:04
Image
Sirdaryoda xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati oʻrganildi

Joriy yilning 6-avgust kuni “Mikrokreditbank” ATB tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, muammo va murojaatlarini oʻrganish maqsadida tuman xotin-qizlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Boshqaruv raisi oʻrinbosari Ikrom Djumaniyozov, bankning Ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish departamenti direktori Rashidmirza Xalilov, tuman hokimi, viloyat hamda tuman hokimligi masʼullari, mahalladagi xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. 

4 (10).png

8 (2).png

Uchrashuv davomida dastlab xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan yangi paketlar, imtiyozli kreditlar va ulardan foydalanish tartibi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi. Shundan soʻng uchrashuvga taklif etilgan xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Ularga avval olgan kreditini soʻndirmasdan turib, qoʻshimcha kredit olish, skoring tahlillari to‘g‘risida va kredit olishda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Oʻz faoliyatini endi boshlash arafasida boʻlgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit xizmatlari tavsiya etilib, ularning faoliyati doimiy nazoratga olinadigan boʻldi. Shuningdek, bank tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar kelishib olindi.

Uchrashuvdan keyin “Mikrokreditbank” ATB koʻmagida oʻz faoliyatini samarali tashkil etgan xotin-qizlar faoliyati bilan ham tanishildi. Madaniyat mahallasi, Donishmand koʻchasi 44-uyda istiqomat qiluvchi Shoira Azimova “Mikrokreditbank” ATBdan 26 million soʻm imtiyozli kredit olib, uy bogʻchasi tashkil qilgan. Kredit mablagʻlarini bogʻchani jihozlashga yoʻnaltirgan. Ayni paytda bu yerda 50 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. Yaratilgan ishchi oʻrinlar soni esa 4 ta. Shoiraning keyingi rejalari bolalar sonini 100 nafarga yetkazib, oʻz faoliyatini yanada kengaytirish. 

2 (13).png

Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha amaliy ishlarning salmogʻi Boyovut tumanidan sezilarli darajada ortdi. Dastur doirasida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish yuzasidan ishlar mutlaqo yangicha yondashuv asosida tashkil etildi. Natijada bugun Boyovut tumanidagi xotin-qizlar kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalari va moliyaviy savodxonlikka oʻqitilmoqda. Shu bilan birga bankning moliyaviy koʻmagi asosida oʻz ish faoliyatini yoʻlga qoʻyib, oilasiga daromad keltirmoqda.

1 (17).png

3 (12).png

“Mikrokreditbank” ATB tomonidan 2024-yilning oʻtgan davri mobaynida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari” doirasida 1-avgust holatiga ko‘ra Boyovut tumanidagi 745 nafar fuqaroga jami 12 mlrd. 336 mln. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilgan boʻlsa, shundan 6 mlrd 101 mln soʻmlik kredit 421 nafar xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yoʻnaltirilgan. Prezidentimizning “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 120 nafar xotin-qizlar bankning imtiyozli kreditlaridan foydalanib, oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun jami 1 mlrd. 654 mln. soʻm miqdorda pul mabalgʻlari ajratilgan.

Taʻkidlash kerakki, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi "Xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadiga qaratilgan amaliy ishlar davom etadi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

12 Avgust 2026

Jamoatchilik eshituvi: 6 oyda 2 750 nafar xodim o‘qitildi, 67 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi

2026-yil may oyida Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tarkibida Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va xaridlar ustidan nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi.

12 Avgust 2026

MKBANK ilk bor S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingini oldi

Bankka “BB-” darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingi “Barqaror” (Stable) prognozi bilan berildi
10 Avgust 2026

Bank fuqarolardan kredit mablag‘lari yechib olish masalasini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganmoqda

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bank tomonidan kredit mablag‘lari amaldagi tartib va tegishli hujjatlar asosida ajratilgan. 

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X