Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11740
Sotish
11880
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11740
11880
11778.52
EUR
13000
14000
13733.75
RUB
143
138.96
GBP
15600
16600
16057.66
CHF
14200
15200
14671.8
JPY
50
100
73.96
Kurs 26.08.2026 11:30:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Tadbirkor xotin-qizlar safi kengaymoqda

283
Yangilash: 11 Sentyabr 2024, 18:21
Image
Tadbirkor xotin-qizlar safi kengaymoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati rasmiy saytida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, bugun yurtimizda ishbilarmon ayollar safi ikki barobar koʻpayib, oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan tadbirkor xotin-qizlar soni 200 mingdan oshdi. Iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida ayollar ulushi 46 foizni tashkil etmoqda. Kichik biznes subyektlarining 120 mingdan ziyodini, fermer xoʻjaliklarining 4 550 dan ortigʻini xotin-qizlar boshqarmoqda. Prezidentimiz Farmoni bilan joriy yildan boshlab ayollarning kichik biznes va xususiy tadbirkorligini tashkil etish uchun 100 million dollar ajratildi. Kelgusi ikki yilda kichik va oʻrta biznesda xotin-qizlarning ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga oshirish boʻyicha ulkan maqsad qoʻyilgan. Ayniqsa, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni har tomonlama koʻmak berishga qaratilgan tashabbuslar minglab opa-singillarimizning biznes loyihalarini amalga oshirishlarida turkti boʻlmoqda. Bu borada “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Mavzuni Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani misolida davom ettiramiz. 

9 (3).png

Bank moliyaviy koʻmagida biznesga birinchi qadam qoʻygan, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirayotgan, ishchi oʻrinlari yaratish orqali aholi bandligini taʼminlashga oʻz hissasini qoʻshayotgan opa-singillarimiz Boʻstonliq tumanida ham talaygina. Shulardan biri “Issiqsuv” mahallasida istiqomat qiluvchi Zulxumor Iroyeva 10 yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi. Mehmon uylari tashkil etish loyihasi orqali oʻz faoliyatini yanada kengaytirgan Zulxumor Iroyevaga bugungi kunda Mikrokreditbank tomonidan mehmon uyini jihozlash uchun 300 million soʻm miqdorda imtiyozli kredit ajratildi. Natijada tadbirkor joriy mavsumda sayyohlarga xizmat koʻrsatishga ham ulgurdi.

1 (44).png

- Ilgari savdo ishlari bilan shugʻullanar edim. Bizning mahallamiz turizmga ixtisoslashgan boʻlsa-da, bu sohaga eʼtibor hozirgidek boʻlmagan. Oʻtgan yillar davomida mehmon uylari tashkil etdik. Sizlar tashrif buyurgan mehmon uyimiz - ikkinchisi. Men har doim Mikrokreditbankning moliyaviy koʻmagiga tayanib loyihalarimni amalga oshiraman. Hozirda 6 ta yangi ishchi oʻrni yaratdim. Bank qoʻllab-quvvatlab tursa, kelgusida mehmon uylari tarmogʻini ham tashkil qilish rejalarim  bor, - deydi Zulxumor opa.

C3738.00_59_26_04.Still014.png

Bugungi kunda xotin-qizlarimiz kirib bormagan soha qolmadi. Ularni har bir jabhada samarali faoliyat olib borayotganligiga guvoh boʻlyapmiz. Xumson mahallasida istiqomat qiluvchi Matluba opa Roʻziyeva ham bugungi kunning eng faol tashabbuskor va gʻayratli tadbirkor ayollari safida. U bogʻdorchilik, parrandachilik va asalarichilik kabi yoʻnalishlarda faoliyat olib boradi. Mikrokreditbank tomonidan mazkur faoliyat uchun imtiyozli kreditlar ajratilgan. Uning aytishicha, 1,5 gektar maydonda 20 dan ortiq mevali va 5 turdagi manzarali daraxt koʻchatlari yetishtirish hamda asalarichilik faoliyati orqali bir oyda 15-20 million soʻmlik daromad oladi. Malika opaning maqsadi tabiiy togʻ asali mahsuloti orqali Turkiya bozorini zabt etish. 

4 (30).png

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7-martdagi 122-sonli “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini yangi bosqichga koʻtarishga, biznes vakilalarini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Mikrokreditbank tomonidan Respublika boʻyicha “Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” dasturlari doirasida joriy yilning 11-sentabr holatida 90 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlariga 1 trillion 514 milliard soʻm imtiyozli kreditlar ajratilib, uning 776 milliard soʻmi xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yoʻnaltirildi.  Ushbu kreditlarning 3 milliard 734 milllion soʻmi Boʻstonliq tumanidagi 172 nafar xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga ajratildi. 

8 (8).png

Yurtimizda qaysi tarmoq boʻlmasin, unda dadil ish boshlab, oʻz biznesini tashkil etayotgan xotin-qizlar safi yil sayin kengayib boryapti. Buni esa ushbu yoʻnalishga berilayotgan keng imkoniyatlar, ajratilayotgan katta mablagʻlar, muhimi, ayollarga bildirilayotgan ulkan ishonch mahsuli, deyish mumkin. “Mikrokreditbank” ATB  tomonidan ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar respublikamizning boshqa hududlarida ham davom etadi.  

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

24 Avgust 2026

MKB Premium Plus — biznes uchun qulayliklar bir paketda

Yuridik shaxlar uchun hisobvaraqlarni ochish va yopish — bepul
24 Avgust 2026

MKBANK xodimi nufuzli musobaqada 4-o‘rinni egalladi!

Mazkur musobaqada barcha vazirlik va idoralarning 120 nafardan ortiq xodimlari FIDE qoidalari asosida bahslashdi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X