Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11880
Sotish
11965
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11880
11965
11915.64
EUR
13000
14000
13749.46
RUB
147
146.19
GBP
15600
16600
16034.88
CHF
14200
15200
14719.75
JPY
50
100
75.48
Kurs 06.08.2026 11:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Toshkent viloyatida oʻrdakchilik loyihasi rivojlanmoqda

145
Yangilash: 24 Iyul 2025, 10:46
Image
Toshkent viloyatida oʻrdakchilik loyihasi rivojlanmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil 16-dekabr kuni mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, har bir oilaning doimiy daromad manbaini shakllantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan edi.

vvv3.png

Ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ham zarur chora-tadbirlar belgilanib, aniq amaliy ishlar olib borilmoqda. Misol uchun, Toshkent viloyatida parrandachilik, xususan, o‘rdakchilikni rivojlantirish, dala chetlaridagi zovurlarda o‘rdak boqishni yo‘lga qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Albatta, har bir ishning o‘ziga yarasha sir-asrori, qiyinchilik va mashaqqatlari bo‘ladi. O‘rdak boqish ham ana shunday mashaqqatli yumushlardan desak, adashmaymiz.

vvv4.png

Joriy yilda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan viloyatning 15 ta tumanida 144 ta uzunligi 144 760 metr kollektor-drenaj hamda boshqa melioratsiya obyektlari atroflarida “Pekin” zotli 36 ming bosh oʻrdak boqish yo‘lga qoʻyish maqsad qilingan. 

Hozirga kelib viloyatdagi 13 ta tumanda 18 875 metr uzunlikdagi loyihalar amalga oshirildi. 13 820 metr uzunlikdagi loyiha ishga tushirish jarayonida. Ishga tushirilgan hududlardagi loyihalarga jami 24 000 bosh oʻrdaklar yetkazib berildi, natijada mazkur yoʻnalishda 219 ta xonadon qamrab olindi.

vvv6.png

Mikrokreditbank tomonidan Quyi Chirchiq tumani Doʻstobod shaharchasi Ibrat MFY hududida lider tadbirkor “Javoxir Ibrohim Ogʻabek parrandalari” MCHJ bilan birgalikda viloyatda mazkur yoʻnalishda oʻrdak joʻjalari, inkubatorlar uchun oʻrdak tuxumlari va ozuqa yem mahsulotlari yetkazib berish hamda yetishtirilgan oʻrdak goʻshti va tuxumini sotib olish markazi tashkil etildi.

Bunda, ijara asosida har bir xonadonga 100 boshdan oʻrdak boqilish yoʻlga qoʻyiladi.

Bir xonadon tomonidan 100 bosh oʻrdak boqish loyihasini boshlash uchun 45,2 mln.soʻm, ozuqa xarajatlari uchun 22 mln.soʻm, jami 67,2 mln.soʻm mablagʻ zarur boʻladi.

vvv2.png

Yuqoridagi maqsadlar uchun 67,2 mln.soʻm (shundan tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan 37,2 mln.soʻm, bank krediti 30 mln.soʻm) mablagʻlar ajratilishi belgilab olindi. 

Ta’kidlash kerakki, bu loyiha orqali aholining turmush darajasini yaxshilash, qo‘shimcha daromad manbaini yaratish hamda mahalliy ish o‘rinlarini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.

Bank Axborot xizmati





Yana ko‘ring

7 Avgust 2026

MKBANKda bank tizimi islohotlari va yangi rivojlanish bosqichi mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun bank tomonidan ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 21,55 foizdan boshlab ipoteka kreditlari ajratilishi yoʻlga qoʻyildi.

6 Avgust 2026

“Kitob o‘qish soati”da “Dunyoning ishlari” asari mutolaa qilindi

Asar har bir ishtirokchini o‘z hayoti, yaqinlari va qilayotgan ezgu ishlari haqida yana bir bor mushohada qilishga undadi.

6 Avgust 2026

Navbatdagi matbuot anjumaniga taklif qilamiz!

Tadbirda OAV vakillari, iqtisodiy tahlilchilar va sohaga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X