Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Xivada yangi imkoniyatlar eshigi ochildi

193
Yangilash: 15 May 2025, 17:28
Image
Xivada yangi imkoniyatlar eshigi ochildi

2025-yil 14-may kuni Mikrokreditbank tashabbusi bilan “Arda Xiva” turistik majmuasida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi doirasida uchrashuv tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi — ishsiz xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta'minlash va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

3 (49).png

Tadbirda Mikrokreditbank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Shaxlo Ibragimova, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Xorazm viloyati kengashi raisi Gulsara Qurbanbayeva, viloyatning turli tuman va shaharlaridan kelgan 100 nafar “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi xotin-qizlar, 10 nafar faol tadbirkor ayollar, mahalliy hokimiyat va bank vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv rasmiy emas, balki samimiy va ruhlantiruvchi muhitda o‘tdi. Shaxlo Ibragimova o‘z nutqida xotin-qizlarning tadbirkorlikdagi ishtiroki nafaqat oila farovonligi, balki jamiyat barqarorligi uchun ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi. Shuningdek, bank tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida so‘z yuritdi hamda ishtirokchilarni ulardan faol foydalanishga chorladi.

2 (48).png

Tadbir davomida tadbirkor ayollar o‘z hayot yo‘llari, yutuqlari va yuzaga kelgan muammolar haqida samimiy tarzda o‘rtoqlashishdi. Ushbu tajribalar ko‘plab ishtirokchilar uchun ilhom manbai bo‘ldi.

Tadbirning amaliy qismida «Ayollar daftari’ ning ikkinchi toifasidagi xotin qizlar uchun Mikrokreditbankning imtiyozli kredit dasturlari, moliyaviy savodxonlik asoslari va tadbirkorlikni boshlash qadamlari haqida qisqa va aniq ma'lumotlar taqdim etildi.

16.png

Tadbirning e’tiborga molik jihati shunda bo‘ldiki, bank moliyaviy ko‘magida o‘z faoliyatini boshlagan tadbirkor ayollar “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan ayollarni ishga taklif etishdi. Uchrashuv chog‘idayoq 15 nafar ishtirokchi ayol bilan ishga qabul qilish bo‘yicha mehnat shartnomalari imzolandi. Urganchdan Nasiba Allaberganova (“Jaxon Ali Servic” MChJ), Yangiariqdan Tamara Jumaniyozova va Xiva tumanidan Farida Nurjanova kabi tadbirkorlar shu kunning o‘zida yangi xodimlarni ishga qabul qilganini mamnuniyat bilan ma'lum qilishdi.

Bu tadbir ilhom manbaiga aylanish bilan birga, aniq ijobiy natijalarga erishilayotgan amaliyot ekanini ko‘rsatdi.

Sequence 02.00_11_23_17.Still040.jpg

Mikrokreditbank tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Prezident tashabbusi bilan bank tizimida ayollar uchun yangi moliyaviy xizmatlar joriy etilmoqda. 2025-yil 1-may holatiga ko‘ra, 912 milliard so‘mlik kreditlar orqali yurtimizda 41 525 nafar ayol tadbirkorlikka jalb qilingan bo‘lib, shundan 8 ming nafaridan ziyodi Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

13.png

Bu uchrashuv yana bir bor shunga yaqqol misol bo‘ldiki — xotin-qizlar mehnatga, taraqqiyotga va o‘z hayotini o‘zgartirishga tayyor. Ularga faqat ishonch va ozgina ko‘mak kerak. Mikrokreditbank esa ushbu yordamni tizimli ravishda ko‘rsatish, tadbirkorlik orqali barqaror jamiyat qurishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor.

Chunki xotin-qizlarning tadbirkorlikdagi ishtiroki — nafaqat ularning, balki jamiyatimiz va kelajak avlodning ravnaqi uchun ham muhimdir. Birgalikda harakat qilsak, har bir orzu ro‘yobga chiqishi mumkin.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

16 Aprel 2026

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: tibbiyot muassasasida

Uchrashuvda 10 dan ortiq "HealthTech" yo‘nalishidagi istiqbolli startup loyihalari taqdimoti o‘tkazildi
16 Aprel 2026

Korporativ bank kartalari: tezkorlik, shaffoflik va qulay boshqaruv

MKBANKdan korporativ karta xaridi yanada qulay
15 Aprel 2026

UPT orqali pul o‘tkazmalarini qabul qilish yanada soddalashdi

Endi UPT orqali yuborilgan mablag‘ni bankka bormasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri MAVRID ilovasi orqali oling

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X