Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11930
Sotish
11990
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11930
11990
11889.95
EUR
13000
14000
13717.44
RUB
146
143.93
GBP
15600
16600
16044.3
CHF
14200
15200
14660.85
JPY
50
100
74.66
Kurs 11.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash: Mikrokreditbankning natijali tashabbuslari

342
Yangilash: 6 Yanvar 2025, 09:30
Image
Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash: Mikrokreditbankning natijali tashabbuslari

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash, ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlikka jalb qilish kabi masalalar davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ayniqsa, Prezidentimizning sa’y-harakatlari tufayli xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi. Shu qatorida “Mikrokreditbank” ATB xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab kelmoqda.

Keng qamrovli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

2024-yil davomida bank tomonidan har bir viloyat va tumanlarda yangi biznes g‘oyalariga ega xotin-qizlarni aniqlash, ularning tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida jiddiy ishlar olib borildi. Xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 77 752 nafar xotin-qizga 1,175 trillion so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu mablag‘lar 78 mingdan ortiq xotin-qizning bandligini ta’minlashga xizmat qildi.

Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobiga ajratilgan 252 milliard so‘m resurs mablag‘lari orqali 19 372 nafar xotin-qiz o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi. Masalan, Sirdaryo viloyatining Navro‘z mahallasida istiqomat qiluvchi Munira Dulonova asalarichilik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlardan biri. Bank ajratgan 33 million so‘mlik kredit tufayli faoliyatini boshlagan Munira opa keyinchalik yana 30 million so‘mlik imtiyozli kredit orqali ishlab chiqarish hajmini oshirib, 50 ta asalari oilasi yetishtirdi.

Targ‘ibot va o‘quv tadbirlari Sirdaryo viloyati misolida

Bank faqat moliyaviy ko‘mak berish bilan cheklanib qolmasdan, muntazam ravishda targ‘ibot va o‘quv tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda. Xususan, 2024-yilning 27-sentyabrida “Mikrokreditbank” ATB rahbariyati Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga tashrif buyurib, xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil qildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid yangi mahsulotlar va ulardan foydalanish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Sardoba tumanidagi Monomarkazda xotin-qizlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish ishlari yuqori samara berdi. Bugungi kunga kelib, ushbu tumanda 900 nafarga yaqin xotin-qiz kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlarning salmog‘i Sardoba tumanida sezilarli darajada ortdi. Dastur asosida xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil etilishi bo‘yicha mahallalar kesimida manzilli rejalar belgilab olindi. Natijada esa bugungi kunda Sardoba tumanidagi 900 nafarga yaqin xotin-qizlar kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonlikka o‘qitildi.

Ana shu kabi tadbirlar, ochiq muloqotlar  Sirdaryo viloyatining Sayxunobod va Boyovut tumanlarida ham  tashkil etildi. Bank rahbariyati ishtirokida tegishli mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ayol tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan xotin-qizlar bilan uchrash-muloqotlar o‘tkazildi. Uchrashuvlar davomida xotin-qizlar muammo va takliflari o‘rganilib, hal etish chorlari ko‘rildi.

Strategik rejalar

Hozirgi kunda iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida ayollar ulushi 46 foizni tashkil etayotgani e’tirofga loyiqdir. Kelgusi ikki yil davomida kichik va o‘rta biznesda xotin-qizlarning ulushini 25 foizdan 40 foizga yetkazish ko‘zlangan. Bunda bankning tizimli yondashuvlari, hududiy muloqotlar va manzilli rejalar asosida amalga oshirilayotgan ishlar hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Xulosa

“Mikrokreditbank” ATBning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari nafaqat ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga, balki milliy iqtisodiyotga ulkan hissa qo‘shishga qaratilgandir. Tadbirkorlikka oid ochiq muloqotlar, forumlar va o‘quv dasturlari orqali ko‘plab ayollar o‘z orzularini ro‘yobga chiqarmoqda. Bankning sa’y-harakatlari natijasida yuzlab xotin-qizlar o‘z biznesini boshladi va yurtimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shmoqda.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

10 Avgust 2026

Bank fuqarolardan kredit mablag‘lari yechib olish masalasini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganmoqda

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bank tomonidan kredit mablag‘lari amaldagi tartib va tegishli hujjatlar asosida ajratilgan. 

10 Avgust 2026

Texnik muammolarga onlayn yechim!

Endi MAVRID ilovasida 24/7 onlayn ariza qoldirish imkoniyati mavjud
7 Avgust 2026

MKBANKda bank tizimi islohotlari va yangi rivojlanish bosqichi mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun bank tomonidan ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 21,55 foizdan boshlab ipoteka kreditlari ajratilishi yoʻlga qoʻyildi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X