Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11920
Sotish
11995
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11920
11995
11937.89
EUR
13000
14000
13769.16
RUB
145
141.76
GBP
15600
16600
16107.79
CHF
14200
15200
14690.98
JPY
50
100
74.92
Kurs 14.08.2026 11:10:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish: amaliy qadamlar va natijalar

405
Yangilash: 28 Yanvar 2025, 09:48
Image
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish: amaliy qadamlar va natijalar

Oʻzbekistonda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlikka keng jalb etish va ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Ayniqsa, tashabbuskor ayollarning biznes gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash orqali ularning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Screenshot_2.png

Mikrokreditbank tomonidan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 250 ta tavsiyaviy biznes-loyihalardan iborat maxsus toʻplam tayyorlandi. Bu toʻplamlar mahallalar va tuman (shahar)larga yetkazilib, ayollarga oʻz biznes rejalarini ishlab chiqishda amaliy yordam beradigan muhim qoʻllanma sifatida foydalanilmoqda.

Screenshot_6.png

Sirdaryo viloyatining turli hududlarida xotin-qizlar tadbirkorligi bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish va yechim topish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bu uchrashuvlarda ayollarni tadbirkorlikka jalb etish, ularga zarur maslahat va koʻmak koʻrsatish borasida amaliy ishlarni tashkil etish imkoniyati yaratilyapti.

Screenshot_7.png

Mikrokreditbank Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxlo Ibragimovaning Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida Guliston shahri va Boyovut tumanidagi tadbirkor ayollar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Ularning faoliyati, daromad manbalari va kelgusidagi rejalari oʻrganildi. 

Screenshot_10.png

Xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun zamonaviy yechimlar ham joriy etilmoqda. Mikrokreditbank, Xalq banki va Biznesni rivojlantirish banki hamkorligida ishga tushirilgan loyihalar-fabrikasi.uz platformasi buning yorqin misolidir. Ushbu platformada hududlarning ixtisoslashuviga mos tavsiyaviy biznes-rejalar, kredit ajratish shartlari va boshqa zarur maʼlumotlar taqdim etiladi. Platformaning ikkinchi bosqichida ayollar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarni sotish uchun alohida boʻlim tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Screenshot_4.png

2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida viloyatda 3 806 ta aholi va tadbirkorlik subyektiga jami 55,3 milliard soʻm imtiyozli kredit ajratildi. Shuning 51 foizi, yaʼni 28,3 milliard soʻm, 2 220 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirildi. Natijada 2 200 nafardan ortiq ayolning bandligi taʼminlandi.

Screenshot_12.png

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-122-sonli qaroriga muvofiq, xotin-qizlarni kasbga oʻqitish va tadbirkorlikka jalb qilish uchun 6,7 milliard soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, “Mavrid” mobil ilovasi orqali onlayn ariza topshirish imkoniyati yaratildi.

Screenshot_9.png

Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlikka keng jalb qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mamlakatda ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Tizimli va innovatsion yondashuv orqali tadbirkorlik salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlar ayollar hayotiga ijobiy oʻzgarishlar kiritishi shubhasiz.

Screenshot_11.png

Quyida Sirdaryo viloyatiga qilingan tashrif va u yerdagi ayollarning tadbirkorlik faoliyati bilan tanishishingiz mumkin. 

 



Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

14 Avgust 2026

Dam olish kunlari ham ishlaymiz!

15 va 16-avgust (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi.
12 Avgust 2026

Jamoatchilik eshituvi: 6 oyda 2 750 nafar xodim o‘qitildi, 67 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi

2026-yil may oyida Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tarkibida Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va xaridlar ustidan nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi.

12 Avgust 2026

MKBANK ilk bor S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingini oldi

Bankka “BB-” darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingi “Barqaror” (Stable) prognozi bilan berildi

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X