Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11820
Sotish
11910
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11820
11910
11818.07
EUR
13000
14000
13788.14
RUB
143
141.69
GBP
15600
16600
16118.67
CHF
14200
15200
14733.91
JPY
50
100
74.3
Kurs 24.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

“ZOXID AGRO” MCHJ parrandachilik sohasidagi quvvatlarini kengaytirmoqda

163
Yangilash: 27 Avgust 2025, 18:11
Image
“ZOXID AGRO” MCHJ parrandachilik sohasidagi quvvatlarini kengaytirmoqda

Parrandalar nafaqat go‘shti, tuxumi, balki pati uchun ham boqiladi. Bu soha hozirga kelib chorvachilikdagi asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanib ulgurdi. Buning sababi – parranda boqish katta xarajat talab qilmaydi, saqlash inshootlari juda oddiy.

3.png

Mutaxassislar fikricha, iqtisodiy yetakchi davlatlarda ham parrandachilikka katta e'tibor qaratiladi. Chunki aynan parrandachilik aholini go‘sht, umuman, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda asosiy ahamiyat kasb etadi, shuningdek, aholini ish bilan band bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida joylashgan “ZOXID AGRO” masʼuliyati cheklangan jamiyati “Mikrokreditbank” ATB G‘azalkent BXO bilan hamkorlikda parrandachilik yoʻnalishidagi qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

Bugun mazkur korxona faoliyati bilan tanishish uchun bir guruh OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

5.png

Korxona 2018-yilda tashkil etilgan boʻlib, asosiy faoliyat yoʻnalishi parrandachilikni rivojlantirishdan iborat. Hozirda korxonada 15 nafar doimiy ishchi mehnat qilmoqda, yaqin kelajakda yana 10 ta mavsumiy ish oʻrni yaratiladi.

10.png

Quvonarlisi, “ZOXID AGRO” MCHJ Mikrokreditbank bilan hamkorlikda qator investitsiya loyihalarini amalga oshirdi:

• 2024-yil may oyida 4,5 mlrd soʻmlik kredit asosida zamonaviy asbob-uskunalar va dorivor vositalar xarid qilindi;

• 2024-yil dekabr oyida 4,5 mlrd soʻm kredit asosida vitamin va yem-xashak taʼminoti yoʻlga qoʻyildi;

• 2025-yil aprel oyida 1 mlrd soʻmlik kredit hisobidan korxonaga quyosh panellari va zamonaviy jihozlar oʻrnatildi.

4.png

Korxona yillik 80-90 ming bosh broyler joʻja yetishtirish imkoniyatiga ega boʻlib, bu yillik 200-250 tonna goʻsht mahsulotini ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Umumiy quvvat esa yiliga 600 tonnadan ortiqni tashkil etadi.

“ZOXID AGRO” MCHJning mazkur loyihalari hududda yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligini taʼminlash hamda ichki bozorni sifatli goʻsht mahsulotlari bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. 

9.png

Maʼlumot uchun, “ZOXID AGRO” MCHJ – parrandachilik sohasida faoliyat koʻrsatayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Korxona “Mikrokreditbank” bilan hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirib, yurtimiz va viloyat iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qoʻshib kelmoqda.

Joriy yilning oʻtgan davrida bank tomonidan 29 ta parrandachilik xoʻjaligiga 267,4 mlrd. soʻm kredit mablagʻlari ajratilib, 639 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Ushbu kreditlarning 103,7 mlrd. soʻmi yangidan tashkil etilgan loyihalarga va 163,7 mlrd. soʻmi kam quvvatda ishlayotgan parrandachilik xoʻjaliklariga yoʻnaltirildi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

24 Avgust 2026

MKB Premium Plus — biznes uchun qulayliklar bir paketda

Yuridik shaxlar uchun hisobvaraqlarni ochish va yopish — bepul
24 Avgust 2026

MKBANK xodimi nufuzli musobaqada 4-o‘rinni egalladi!

Mazkur musobaqada barcha vazirlik va idoralarning 120 nafardan ortiq xodimlari FIDE qoidalari asosida bahslashdi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X