“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat “Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Oilaviy tadbirkorlikka ajratilgan 2 trln. 48 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlarning 41 foizi, yaʼni 847 mlrd. so‘mi 38 ming nafar xotin-qizlarga yoʼnaltirildi.
Joriy yilda mazkur yoʼnalishda 2,1 trln.soʼm imtiyozli kreditlar ajratilishi koʼzda tutilgan boʼlib, 1 martgacha 83 mlrd.soʼm, shundan 1604 nafar ayollarga 35 mlrd.soʼm kredit ajratildi. Bank tomonidan “Аyollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand qatlamga biznes loyihalarni taqdim etish, tadbirkorligiga koʼmaklashish orqali 4 884 nafar ayollarga 64,3 mlrd soʼm imtiyozli shartlarda kredit ajratilib, ularni bandligi va daromad manbai taʼminlandi va “Аyollar daftari” dan chiqarildi.
Misol uchun, Mirzaobod tumanida Oʼrazova Sanobarga oʼz xonadonida 4 sotixli issiqxona tashkil etish uchun 20 mln. soʼm imtiyozli kredit ajratish hisobiga uning daromad manbasi va bandligi taʼminlandi. Joriy yilda ushbu yoʼnalishda amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlarning resurs manbalari aniqlashtirib olingan. Kredit olish istagini bildirgan roʼyxatdagi ayollarni qoʼlab-quvvatlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
“Kollejni tugatganimdan keyin, o‘qishga kirish imkoni bo‘lmadi. Shu sababdan poligrafiya xizmatida ish boshladim. Bir muddat ishlaganimdan keyin tadbirkorlikning ushbu sohasi bilan ishlashni o‘ylay boshladim, – deydi yosh tadbirkor. – Dastlabki ish jarayonlariga nimalar kerakligini bilganim bois ish boshlash qiyin bo‘lmadi. Bankdan reklama xizmatini tashkil qilish maqsadida 200 million so‘m miqdorida kredit oldim. O‘zimni ham shaxsiy mablag‘larimni qo‘shgan holda “Qajimuxan Seyilxan” MCHJni ochdim. Ayni paytda korxona tomonidan 4ta yoshlarning bandligi ta’minlangan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 250 million so‘mni tashkil qilmoqda.
Joriy yilda ham xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratish, ularni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo’yish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni, ustuvor ravishda “Аyollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlashga yo‘naltirishda zaruriy choralar ko‘rib borilmoqda.
Bank axborot xizmati