
Yangilangan platforma zamonaviy dizayn, tezkor ishlash imkoniyati va foydalanuvchilar uchun yanada qulay funksiyalar bilan taʼminotlandi. Saytni yangilash jarayonida bank mijozlar ehtiyojini birinchi oʻringa qoʻydi. Shu asosda, Oʻzbekistonda ilk marta qoraqalpoq tilidagi bank veb-sayti yaratildi.
Saytning asosiy ustunliklari sifatida barcha turdagi mijozlar uchun alohida maqsadli sahifalar, mahsulotlarni taqqoslash imkoniyati, katta ekranlar uchun toʻliq adaptiv koʻrinish, yengillashtirilgan mobil versiya va har bir mijoz segmenti uchun alohida axborot bloklari joylashtirildi. Dizayn yoʻnalishida esa 200 dan ortiq eksklyuziv illyustratsiyalar qoʻllanildi.
Saytning muhim xususiyatlaridan biri — noyob “kompozit sayt” texnologiyasi boʻlib, u Bitrix Framework platformasida sahifalarning yuklanish tezligini sezilarli oshirish imkonini berdi. Natijada foydalanuvchi istalgan sahifadagi kontentni deyarli darhol oladi, bu esa maʼlumot qidirishni maksimal darajada tezlashtiradi.

Mobil versiyasidan foydalanish ham qulay: boʻlimlar boʻyicha navigatsiya soddalashtirilgan, sahifalar yuklanishi tezlashtirilgan va menyu elementlari optimallashtirilgan. HTML5ʻning yangi imkoniyatlari har qanday ekran oʻlchami uchun moslashtirilgan dizayn yaratishga yordam beradi, kodlar va skriptlar esa minimallashtirilgan boʻlib, maʼlumot uzatish yuklamasini sezilarli kamaytiradi. Bu mobil qurilmalarda saytdan foydalanishni ancha qulaylashtiradi.
Bank Axborot xizmati
















