Размер шрифта:
A A A
Масштаб:
A A A A
Цвет: C C
Изображения: Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
МОЙ БАНК
Mavrid

Mikrokreditbank: Yangi mijozlarni jalb qilish boʻyicha amaliy qadamlar

...
Обновление: ...
Image
Mikrokreditbank: Yangi mijozlarni jalb qilish boʻyicha amaliy qadamlar

Qashqadaryo viloyatida xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning bandligini taʼminlash va bank xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish maqsadida "Mikrokreditbank" ATB tomonidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda bank Rahbariyati tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolari va takliflarini oʻrganish, moliyaviy yordam mexanizmlarini tushuntirish hamda bank xizmatlariga boʻlgan ishonchni oshirishga qaratilgan tashabbuslarni kuchaytirmoqda.

4 (5).jpg

Bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shahlo Ibragimova hamda Ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish departamenti direktor oʻrinbosari Bobur Radjabov hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdilar. Mutasaddilar mahalliy tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularga bank tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar, moliyaviy xizmatlar haqida maʼlumot berdilar.

Dastlab Qarshi shahridagi "Universal Perfect Speed" masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishishdi. Korxona rahbari Shaxlo Xolnazarovaga Mikrokreditbank tomonidan 700 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan boʻlib, u bu mablagʻdan samarali foydalangan holda mebel ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Shuningdek, u kasb-hunarga oʻrgatish maqsadida oʻquv markazi ham tashkil etgan.

2 (5).jpg

— Uyda oʻtirgan xotin-qizlarni 3–6 oylik kurslarga jalb qilib, ularga turli kasb va hunarlar oʻrgatyapmiz. 2024-yil davomida 500 nafardan ortiq ayolga uy hamshiraligi, oshpazlik, tikuvchilik, oilaga tayyorgarlik kabi yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim berildi. Shuningdek, hayotga endi qadam qoʻyayotgan yoshlar uchun duradgorlik, payvandchi, santexnik va bogʻbonlik boʻyicha kurslar ham tashkil qilingan. Joriy yilning 1-mayidan boshlab IT, kompyuter grafikasi kabi zamonaviy yoʻnalishlar ham qoʻshiladi, — deydi tadbirkor

Shaxlo Xolnazarovaning taʼkidlashicha, oʻquv markazining faoliyatini yanada kengaytirish uchun bank tomonidan qoʻshimcha yordamlar koʻrsatilayotgani katta ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, boʻsh turgan binolardan samarali foydalanish orqali markaz faoliyatini yanada rivojlantirish rejalashtirilgan.

1 (5).jpg

Shu kuni mas’ullar Qarshi tumanida tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan bir qator subyektlar faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, "Otabek Hamdamov" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan yumshoq oʻyinchoqlar ishlab chiqarish loyihasi hamda yakka tartibdagi tadbirkor Nafisa Aslonova tomonidan tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlishdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarga bank tomonidan taklif etilayotgan moliyaviy xizmatlar, imtiyozli kreditlar va boshqa qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, bank mijoziga aylanish tartibi, tadbirkorlar uchun mavjud afzalliklar va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar oʻtkazildi.

5 (3).jpg

2025-yilning oʻtgan davri mobaynida Qashqadaryo viloyati boʻyicha 2 516 nafar tadbirkorga 44,5 milliard soʻm imtiyozli kredit ajratilgan boʻlib, shundan 51 foizi1 282 nafar xotin-qizlarning loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan. Joriy yil oxirigacha viloyatda 2 949 nafar ishsiz xotin-qizning kasb-hunarga oʻqitilishi va ularning bandligini taʼminlash rejalashtirilgan.

Bank Axborot xizmati



Смотрите также

14 апреля 2026

Открыт прямой корреспондентский счет МКБАНК в "Bank of China"

Данное новшество создаст новые удобства для клиентов.
13 апреля 2026

Международные денежные переводы - быстрое, удобное и надежное решение с МКБАНК

RIA, Astrasend и Asia Express — теперь в приложении MAVRID!
10 апреля 2026

Информация Председателя Правления АКБ "Микрокредитбанк" об исполнении актов Президента Республики Узбекистан и Правительства

В январе-марте 2026 года намечена реализация 1 336 микропроектов, по состоянию на 1 апреля на платформу "Online-mahalla.uz" внесено 3 356 микропроектов.

Открыть вклад — легко!
Скачайте приложение MAVRID прямо сейчас.
Установите приложение Mavrid в удобном для вас сервисе:
Открыть вклад — легко!
Открыть вклад — легко!
Бесплатные переводы
Переводы до 5 миллионов сум — полностью бесплатно!
Установите приложение Mavrid в удобном для вас сервисе:
Бесплатные переводы
Бесплатные переводы
Онлайн Микрозайм «Оммабоп»
Быстро и просто! Скачайте приложение MAVRID прямо сейчас.
Установите приложение Mavrid в удобном для вас сервисе:
Онлайн Микрозайм «Оммабоп»
Онлайн Микрозайм «Оммабоп»
Онлайн кредит на обучение
Не откладывайте учебу — начните прямо сейчас.
Установите приложение Mavrid в удобном для вас сервисе:
Онлайн кредит на обучение
Онлайн кредит на обучение
Виртуальные карты
Виртуальные карты в приложении MAVRID. Ваш телефон — ваш кошелёк.
Установите приложение Mavrid в удобном для вас сервисе:
Виртуальные карты
Виртуальные карты
Главная На карте
Контакты
Единый call-центр
Режим работы: Пн-Пт 08:00-20:00
Телефон доверия
Режим работы: Пн-Пт 09:00-18:00
Все контакты
Горячая линия департамента Антикоррупционного контроля
(Внутренний номер: 1265)
Режим работы: Пн-Пт 09:00-18:00
мобильное приложение
мобильное приложение

С помощью приложения вы можете пользоваться всеми банковскими услугами 24/7 — быстро, удобно и надежно, не выходя из дома!

Нажмите чтобы прослушать выделенный текст!Powered by X