
Joriy yilning 5-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Yoshlar markazida “Mikrokreditbank” ATB tashabbusi bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Ochiq muloqotda bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari v.v.b U.Jumaniyozov, yoshlar va ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish boshqarmasi boshlig‘i M.Rajapov hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston filiali rahbari v.v.b. J.Allamuratovlar yosh tadbirkorlar, mahalla yoshlari, bitiruvchilar va faol yoshlar bilan suhbatlashdi.
Uchrashuvda bank xizmatlari, imtiyozli kreditlar, tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar, moliyaviy savodxonlik va bandlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiya profilaktikasi bo‘yicha ham ochiq savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Prezidentimizning yoshlar uchun qaratilgan PQ-60 va PF-61-sonli qaror hamda farmonlari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi. Ular doirasida startaplar uchun grantlar, foizsiz kreditlar, soliq imtiyozlari, o‘qish va malaka oshirish uchun qo‘shimcha dasturlar kabi imkoniyatlar targ‘ib qilindi.
MKBANK yoshlarga e’tiborni, tashabbuslarni doim qo‘llab-quvvatlaydi.
Bank Axborot xizmati
















