
Ijtimoiy tarmoqlarda bank reklama materiallarida yangilangan sayt sahifasining til bo‘yicha ko‘rinishlariga doir bildirilgan fikrlar tezkor o‘rganildi.
Holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, ushbu bannerlar bank mutaxassislari tomonidan emas, balki sayt konsepsiyasi va dizaynini ishlab chiqqan tashqi mutaxassislar tomonidan tayyorlangan va e’lon qilingan.
Ayni paytda kontent qayta ko‘rib chiqilib, kelgusidagi barcha media mahsulotlarda davlat tilidagi sahifa ko‘rinishini to‘liq va ustuvor tarzda aks ettirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Sizning e’tibor va asosli takliflaringiz xizmatlarimizni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Ochiq munosabat uchun tashakkur.
Bank Axborot xizmati

















