Размер шрифта:
A A A
Масштаб:
A A A A
Цвет: C C
Изображения: Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
Покупка
11860
Продажа
11970
Курс валют в обменном пункте
ВалютаПокупкаПродажаЦБ РУз
USD
11860
11970
11913.35
EUR
12700
13700
13328.66
RUB
150
142.39
GBP
15100
16100
15779.23
CHF
13800
14800
14312.05
JPY
50
100
75.32
Курс актуален на 14.10.2026 09:00:00
1285, +998 55 503-63-63
Единый call-центр
Режим работы: Пн-Пт 08:00-20:00
Телефон доверия
Режим работы: Пн-Пт 09:00-18:00
Горячая линия департамента Антикоррупционного контроля
(Внутренний номер: 1265)
Режим работы: Пн-Пт 09:00-18:00
МОЙ БАНК
Mavrid

KREDIT TO‘LOVLARINI O‘Z VAQTIDA TO‘LASH – MIJOZ MAJBURIYATI

...
Обновление: ...
Image
KREDIT TO‘LOVLARINI O‘Z VAQTIDA TO‘LASH – MIJOZ MAJBURIYATI

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kredit qarzdorligini bank kartasidan avtomatik tarzda undirishda mijozlardan bir foiz miqdorida xizmat haqi undirilayotgani yuzasidan tarqalgan xabar o‘rganib chiqildi.

Avvalo, mazkur xizmat haqi kredit to‘lovlarini belgilangan muddatda amalga oshirmagan va qarzdorlikni avtomatik undiruv tizimi orqali undirishga to‘g‘ri kelgan holatlarda qo‘llaniladi. Kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirgan mijozlardan esa ushbu xizmat haqi undirilmaydi.
Mazkur to‘lov bank tomonidan asossiz ravishda yoki kredit foizlariga qo‘shimcha foiz sifatida undirilmaydi. Avtomatik undiruv jarayonida bank Uzcard — “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ hamda Humo — “Milliy banklararo protsessing markazi” AJning tegishli protsessing xizmatlaridan foydalanadi va buning uchun bank tomonidan xarajatlar amalga oshiriladi. Ushbu xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan belgilangan xizmat haqi undiriladi.

Ushbu mijoz bilan bank o‘rtasidagi kredit shartnomasi shartlariga ko‘ra, mijoz kredit mablag‘larini tasdiqlangan to‘lov grafigi asosida qaytarish hamda har oy uchun belgilangan to‘lovni 5-sanasiga qadar amalga oshirish majburiyatini olgan.  

Biroq bank tomonidan mijozga har oy davomida kredit toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirilishi boʻyicha ogohlantirish yuborilgan boʻlsa-da, mijoz toʻlovlarni doimiy ravishda oʻz vaqtida amalga oshirilmasdan kelgan. Buning natijasida bank avtoundiruv tizimi orqali 2024-2026-yillar davomida 48 marotaba kredit qarzdorligi uchun bank kartasidan mablagʻ avtoundiruv tizimi yordamida undirilgani aniqlandi.

Shuningdek, kredit shartnomasining 4-bandi 5-qismida bank shartnoma bo‘yicha o‘z talablarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 783-moddasiga muvofiq, qarzdorning hisobvarag‘idan, jumladan bank kartasi, omonati va boshqa hisobvaraqlaridan uning topshirig‘isiz, so‘zsiz (akseptsiz) tartibda memorial order asosida undirib olish huquqiga ega ekanligi belgilangan.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, mijoz kredit to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirgan taqdirda avtomatik undiruv amalga oshirilmaydi va tegishli xizmat haqi ham undirilmaydi.

Shu bilan birga, “Mikrokreditbank” ATB mijozlarning huquq va manfaatlariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratadi. Undirilayotgan xizmat haqlarining qonunchilik, bankning ichki hujjatlari hamda mijoz bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiqligi belgilangan tartibda nazorat qilinadi.

Agar mijozda o‘z hisobvarag‘idan undirilgan mablag‘ yoki xizmat haqi yuzasidan savol yoki e’tiroz mavjud bo‘lsa, bank ushbu holatni individual tartibda ko‘rib chiqishga va tegishli tushuntirish berishga tayyor.

Shuningdek, avtomatik undiruv orqali mablag‘ yechilishi yuzasidan murojaat qilgan har bir mijozga tegishli operatsiya, uning asosi va undirilgan summa bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi.

“Mikrokreditbank” ATB barcha mijozlardan kredit shartnomasida belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirishlarini so‘raydi. Kredit to‘lovlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi qo‘shimcha undiruvlarning oldini olish bilan birga, kredit mablag‘larining qayta aylanishi va yangi tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bank axborot xizmati.



Смотрите также

9 октября 2026

Подписан меморандум о сотрудничестве между МКБАНКом и ТКХУ!

В рамках меморандума 10 студентам будут возмещены контрактные платежи.
9 октября 2026

MKBANKda xavfsizlik darajasi yanada oshirilmoqda

Sertifikatlarini 2026-yil 1-noyabrga qadar yangilashlarini so‘raymiz
9 октября 2026

Dam olish kunlari ham ishlaymiz!

10 va 11-oktabr (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi.
Открыть вклад — легко!
Скачайте приложение MAVRID прямо сейчас.
Установите приложение Mavrid в удобном для вас сервисе:
Открыть вклад — легко!
Открыть вклад — легко!
Бесплатные переводы
Переводы до 5 миллионов сум — полностью бесплатно!
Установите приложение Mavrid в удобном для вас сервисе:
Бесплатные переводы
Бесплатные переводы
Онлайн Микрозайм «Оммабоп»
Быстро и просто! Скачайте приложение MAVRID прямо сейчас.
Установите приложение Mavrid в удобном для вас сервисе:
Онлайн Микрозайм «Оммабоп»
Онлайн Микрозайм «Оммабоп»
Онлайн кредит на обучение
Не откладывайте учебу — начните прямо сейчас.
Установите приложение Mavrid в удобном для вас сервисе:
Онлайн кредит на обучение
Онлайн кредит на обучение
Виртуальные карты
Виртуальные карты в приложении MAVRID. Ваш телефон — ваш кошелёк.
Установите приложение Mavrid в удобном для вас сервисе:
Виртуальные карты
Виртуальные карты
Главная На карте
Контакты
Единый call-центр
Режим работы: Пн-Пт 08:00-20:00
Телефон доверия
Режим работы: Пн-Пт 09:00-18:00
Все контакты
Горячая линия департамента Антикоррупционного контроля
(Внутренний номер: 1265)
Режим работы: Пн-Пт 09:00-18:00
мобильное приложение
мобильное приложение

С помощью приложения вы можете пользоваться всеми банковскими услугами 24/7 — быстро, удобно и надежно, не выходя из дома!

Нажмите чтобы прослушать выделенный текст!Powered by X