Samarqand yana bir bor butun dunyoni o‘ziga qaratdi. Ha, 8–9 noyabr kunlari boqiy shaharda o‘tgan “Samarkand Marathon – 2025” — yilning eng yorqin sport voqealaridan biriga aylandi. Yettinchi bor o'tkazilayotgan mazkur xalqaro festival yugurish va atrof-muhitga bo‘lgan e’tiborni bir butunlikda uyg‘unlashtirishga ham xizmat qildi.
Eng quvonarlisi, MKBANK jamoasi ham marafonda faol qatnashib, bankimiz sharafini munosib himoya qildi. Xodimlarimizning har bir qadami — sog‘lom hayot, jamoaviy birdamlik va ijobiy o‘zgarishlar sari tashlangan qadamdir!
Ishtirokchilar Registon maydoni va Bibixonim masjidi kabi tarixiy obidalar orqali yugurishdi. Bu esa yugurish, tarix va ekologiyani bir nuqtada birlashtirdi.


Tadbirda plogging harakati asoschisi — shved ekologik faoli Erik Ahlstrom ishtirok etib, shunday dedi: “Plogging orqali biz sayyoramizni kelajak avlod uchun toza saqlay olamiz!”
Yuqoridagi suratlarda MKBANK jamoasining marafondagi unutilmas lahzalarini jamladik.