Yurtimizda koronavirus tarqalishining oldini olish, shuningdek, fuqarolarni ushbu virusdan himoyalash maqsadida “Mikrokreditbank” aholiga bank xizmatlaridan foydalanishda quyidagilarni tavsiya etadi:
1️⃣ Аholi va yuridik shaxslardan toʼlovlarni amalga oshirishda imkon qadar bankning masofiy xizmat koʼrsatish usullaridan, jumladan, internet-banking, MKB Mobile ilovasidan foydalanish soʼraladi.
2️⃣ Toʼlovlarni amalga oshirishda bank kartalaridan yoki muqobil elektron toʼlov turlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda toʼlovlarni kontaktsiz amalga oshirilishi yanada xavfsiz hisoblanadi.
3️⃣ Valyuta-ayirboshlash operatsiyalarini avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari, shuningdek, masofadan turib valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi mobil ilovalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Joriy yilning 18 martidan boshlab “Mikrokreditbank”ning valyuta ayirboshlash shoxobchalari odatiy ish vaqti rejimida soat 18:00 gacha (bugunga qadar ayrim joylarda 22:00gacha edi) faoliyat yuritishini maʼlum qiladi.
Ish vaqtidan tashqari, shu jumladan, shanba va yakshanba kunlari avtomatlashtirilgan bankomatlar va mobil ilovalardan foydalangan holda, valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish mumkinligi maʼlum qilinadi.
Bank xizmatlarini amalga oshirish boʼyicha qoʼshimcha savollar yuzasidan bevosita bankimizning
Bank axborot xizmati