
O‘zbekiston Respublikasining “Аksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 20-moddasiga muvofiq quyidagilarni maʼlum qilamiz.
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining 2021-yil 25-noyabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qarori bilan Bank ustav kapitali 2 200 368 455 052 so‘mdan 2 197 142 422 212 so‘m miqdorgacha kamaytirildi.
Kreditorlar Bankning ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida o‘zlariga bildirish yuborilgan sanadan eʼtiboran (xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran) o‘ttiz kundan kechiktirmay Bankdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin bajarilishini va ustav kapitali kamaytirilishi bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplashini talab qilishga haqli.
Qoʼshimcha maʼlumotlarni Bankning korporativ veb-sayti (www.mikrokreditbank.uz) yoki 71-202-99-99 (1315, 1317) telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.