!["Mikrokreditbank” Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti vakant lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi](/upload/iblock/2c4/eosaddgmvyfqpmuybetah0wcg5oyww13/Eloncha.png)
2 Aug 2022
"Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti xodimi vakant lavozimlariga tanlov eʼlon qiladi.
Nomzodlarga qoʼyiladigan talablar:
- Oliy iqtisodiy yoki yuridik maʼlumot;
- Bank operatsiyalarining oʼtkazilishi bilan bogʼliq bank boʼlinmalarida yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida kamida 2 yillik amaliy ish tajribasi ega boʼlish;
- Bank ishi sohasini tartibga soluvchi qonunchilik va meʼyoriy huquqiy hujjatlarni bilish;
- Maʼlumotlar bilan ishlash va tahlil qilish qobiliyatiga ega boʼlish;
- Chet tillarni bilish (rus tili va ingliz tili);
- Stressga chidamlilik.
Tanlovda ishtirok etish uchun 2022-yil 15-avgustgacha hr@mikrokreditbank.uz elektron pochta manziliga “Komplaens” belgisi bilan maʼlumotnoma yuborishingiz soʼraladi.
Views: 130