Font size:
A A A
Scale:
A A A A
Colors: C C
Images: On Off
Regular version
Purchase
12000
Sale
12130
Exchange rates at the currency exchange office
CurrencyPurchaseSaleCBU
USD
12000
12130
12012.21
EUR
13000
13800
13731.16
RUB
160
158.14
GBP
15300
16300
16111.98
CHF
14200
15200
14886.86
JPY
50
100
73.97
Rate valid as of 10.07.2026 11:00:00
1285, +998 55 503-63-63
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
MY BANK
Mavrid

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot olib borilmoqda!

...
Update: ...
Image
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot olib borilmoqda!

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining samaradorligini ta’minlash, ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli o‘zlashtirilishini nazorat qilish hamda loyihalarning belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini ta’minlash maqsadida “Mikrokreditbank” ATB rahbariyati va mutaxassislari hududlarda bo‘lib, tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar hamda investitsiya loyihalari monitoringini olib bormoqda.

Hududlarga tashriflar davomida bank rahbariyati tadbirkorlar bilan bevosita uchrashib, ularning faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ochiq fikr almashdi. Uchrashuvlarda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar tinglanib, ularni tezkor hal etish, zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

photo_2026-07-08_09-31-29.jpg

Uchrashuvlar davomida zamonaviy mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “ENDLESS CONNECTION TRADE” MCHJ faoliyati o‘rganildi. Umumiy qiymati 94,8 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, uning 22,2 mlrd so‘mi tadbirkorning o‘z mablag‘lari, 72,6 mlrd so‘mi esa bank krediti hisobidan moliyalashtirilgan. Korxona 2026-yilning birinchi choragida ishga tushirilib, 50 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. 

Shuningdek, “Grand Dior” MCHJ tomonidan mehmonxona xizmati va turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyiha ham o‘rganildi. Umumiy qiymati 31,7 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha 22,2 mlrd so‘m tadbirkorning o‘z mablag‘i va 9,5 mlrd so‘m bank krediti hisobidan moliyalashtirilgan. Mazkur loyiha 2026-yilning birinchi choragida foydalanishga topshirilib, 35 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxonaning yillik xizmat ko‘rsatish hajmi 20,2 mlrd so‘mni tashkil etadi.

22222.jpg
Uchrashuv davomida istiqbolli loyihalardan biri – “Ricomel Beverages” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan “Dinay” salqin ichimliklari ishlab chiqarish loyihasi ham ko‘zdan kechirildi. Umumiy qiymati 183,7 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha 159,9 mlrd so‘m tadbirkorning o‘z mablag‘i va 23,8 mlrd so‘m bank krediti hisobidan moliyalashtirilmoqda. Loyiha 2027-yilning birinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijada 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish hajmi 219,3 mlrd so‘mga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Hududlardagi uchrashuv va monitoringlar davomida ishlab chiqarish sur’atlari, infratuzilma holati, mavjud quvvatlar hamda tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

Bank rahbariyati tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday ochiq muloqot va monitoring tadbirlari investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Bank Axborot xizmati



See also

6 July 2026

Chegaralar endi to'siq emas!

Tanishing — MAVRID PAY!
6 July 2026

MKBANK xodimlari Buyuk Britaniyadagi xalqaro o‘quv seminarida

Ikki qismda davom etgan dastur interaktiv treninglar, amaliy muhokamalar, davra suhbatlari bo'lib o'tdi
3 July 2026

Xalqaro hamkorlik yo‘lidagi muhim qadam!

MKBANK MIGA kafolati ostida Mashreq Bankdan 65 mln AQSH dollari miqdorida moliyalashtirishni jalb qildi

New documents

Opening a deposit is easy!
Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Opening a deposit is easy!
Opening a deposit is easy!
Free Transfers
Enjoy transfers up to 5 million UZS — completely free!
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Free Transfers
Free Transfers
Online Microloan "Ommabop"
Fast and easy! Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Microloan "Ommabop"
Online Microloan "Ommabop"
Online Education Loan
Don’t delay your studies — start now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Education Loan
Online Education Loan
Virtual cards
Virtual cards in the MAVRID app. Your phone is your wallet.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Virtual cards
Virtual cards
Main On the map
Contacts
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
All contacts
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Mobile App
Mobile App

With the mobile app, you can access all banking services 24/7 — fast, convenient, and secure, right from your home!

Click to listen highlighted text!Powered by X