Font size:
A A A
Scale:
A A A A
Colors: C C
Images: On Off
Regular version
Purchase
12010
Sale
12160
Exchange rates at the currency exchange office
CurrencyPurchaseSaleCBU
USD
12010
12160
12101.84
EUR
13000
14000
13811.83
RUB
154
153.75
GBP
15600
16600
16183.79
CHF
14200
15200
14854.35
JPY
50
100
74.08
Rate valid as of 24.07.2026 11:10:00
1285, +998 55 503-63-63
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
MY BANK
Mavrid

Work on supporting women's entrepreneurship in Uzbekistan was recognized in Berlin

...
Update: ...
Image
Work on supporting women's entrepreneurship in Uzbekistan was recognized in Berlin

Berlin shahrida rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ayollarning jamiyatdagi roli: Oʻzbekiston-Germaniya tadbirkor ayollari anjumani”da ishtirok etdi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Dilshod Axatov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy taʼminlash boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshidagi tadbirkor ayollar Kengashi raisi Nozima Davletova, “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxlo Ibragimova, “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi rahbari Dilfuza Nurmatova, Berlin federal oʻlkasi Ichki ishlar va sport senatori Iris Shpranger, “Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Matias Fos, ikki mamlakatning faol tadbirkor ayollari hamda Germaniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar qatnashdi. 

12 (13).png

Anjumanda quyidagi mavzularda qizgʻin muhokamalar olib borildi:
 • “Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkilotining Oʻzbekistondagi faoliyati va loyihalari;
 • Oʻzbek xotin-qizlarining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
 • Ayollarga koʻmak va maslahat berish tizimlari;
 • “SES” tashkilotining ayol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashdagi roli;
 • Madaniyat va iqtisodiyot orqali ayollar faolligini oshirish;
 • Ayol olimalarning xalqaro hamkorlikdagi ishtiroki;
 • Oʻzbekistonlik hunarmandlar mahsulotlarini Germaniya bozoriga chiqarish yoʻllari.

Anjumanda soʻz olgan Shaxlo Ibragimova, Oʻzbekistonda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlikka jalb etish va biznes tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi:

4 (101).png

— Prezidentimizning topshiriqlariga muvofiq, tijorat banklari, jumladan, Mikrokreditbank tomonidan xotin-qizlar biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida bir qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy 2025-yilda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish”, “Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash”, “Hamroh” dasturlari, “Biznesga birinchi qadam”, “Mahalla-biznes” va “Mening mahallam” kabi kreditlar orqali ayollar biznesi uchun 1 trillion 73 milliard soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu orqali 48 mingdan ziyod ayollar tadbirkorlikka jalb qilindi. Yil yakuniga qadar esa yana 1 trillion soʻmdan ortiq imtiyozli kredit ajratish rejalashtirilgan.

2 (113).png

Anjumanda Mikrokreditbank mijozi boʻlgan tadbirkor ayollarning chiqishlari alohida eʼtirof etildi

“Voris kashtachilari” MCHJ rahbari Shaxnoza Sharipova Mikrokreditbank koʻmagida erishgan yutuqlari haqida soʻz yuritar ekan, milliy hunarmandchilik sohasini rivojlantirishdagi imkoniyatlar bilan qatnashchilarni ilhomlantirdi. Samarqandlik tadbirkor Umida Baxriddinova esa germaniyaliklarni oʻzining shinam mehmonxonasiga taklif etib, mintaqaviy turizm salohiyatini namoyon etdi.

6 (83).png

Anjumanda ikki mamlakat tadbirkor ayollari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tajriba almashish va yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishildi. 

Tadbir yakunida Mikrokreditbank, “Sparkassenstiftung for International Cooperation” hamda “Hamroh” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

3 (115).png

Shuningdek, ikki davlat tadbirkorlarining oʻzaro sayohatlarini tashkil etish, onlayn forumlar va mahsulotlar almashinuvi kabi qoʻshma dasturlarni amalga oshirishga kelishib olindi. 

Oʻzbekiston delegatsiyasining Berlindagi rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Bank Axborot xizmati



See also

22 July 2026

Commemorative coins representing a historical moment are on sale at MKBANK

Purchase these limited-edition coins today.
21 July 2026

From Credit to Result: The Path to Success for Bukhara Entrepreneurs

The Uzbek-American-Russian joint venture "Rom-Star" is one of the largest enterprises developing the silk industry.
20 July 2026

Sending money to Kyrgyzstan is very easy!

A direction to Kyrgyzstan has been launched in the KWIKPAY international money transfer system.

New documents

Opening a deposit is easy!
Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Opening a deposit is easy!
Opening a deposit is easy!
Free Transfers
Enjoy transfers up to 5 million UZS — completely free!
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Free Transfers
Free Transfers
Online Microloan "Ommabop"
Fast and easy! Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Microloan "Ommabop"
Online Microloan "Ommabop"
Online Education Loan
Don’t delay your studies — start now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Education Loan
Online Education Loan
Virtual cards
Virtual cards in the MAVRID app. Your phone is your wallet.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Virtual cards
Virtual cards
Main On the map
Contacts
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
All contacts
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Mobile App
Mobile App

With the mobile app, you can access all banking services 24/7 — fast, convenient, and secure, right from your home!

Click to listen highlighted text!Powered by X