Xalqaro pul haftaligi – bolalar va yoshlarning moliyaviy jihatdan xabardorligini oshirish boʼyicha yillik global taʼlim tadbiridir. Bugungi kunda yoshlarni moliyaviy masalalar, investitsiyalar va tadbirkorlikni oʼrganishga ilhomlantirayogan mazkur tadbirlar yurtimizda keng miqyosda oʼtkazilmoqda. Shulardan biri, Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi 13 maktabda ham haftalik doirasida tadbir oʼtkazildi.
Аyni paytda tadbir “Learn Save Earn”, yaʼni “Oʼrgan Saqla Ishlab top” shiori ostida oʼtkazilmoqda.
Tadbir davomida oʼquvchilarga jamiyatdagi oʼz haq-huquq va majburiyatlarini toʼliq bilgan holda pul jamgʼarish va uni toʼgʼri yonaltirish, shunindek, tadbirkorlik faoliyatini toʼgʼri yoʼlga qoʼyib olish borasidagi zarur koʼnikmalar oʼrgatilmoqda. Zero, hozirdan olingan bilim kelajakka sarmoya sifatida ishlaydi.
Shuningdek, maktab o`quvchilari o`rtasida insholar tanlovi ham o'tkazildi. Unda bolalar
- “Qanday va nima maqsadda pul jamgʼaramiz”;
- “Qanday qilib millioner boʼlish mumkin”;
- “Bank – 2040: mening tasavvurimda”, mavzularida insholar yozishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga Mikrokreditbank tomonidan esdalik sovg`alari topshirildi,
Dunyo miqyosida oʼtkazilayotgan mazkur haftalik moliyaviy taʼlimning ahamiyati, bolalarni moliya sohasiga jalb qilish hamda xabardorligini oshirish uchun tashkil etilmoqda. 2019 yilda 175 ta mamlakat ushbu tadbirni tashkil qilishda faol qatnashmoqda. Shu borada “Mikrokreditbank” tizimida ham bu kabi tadbirlar yurtimizning barcha hudularida o’tlazilmoqda.