Font size:
A A A
Scale:
A A A A
Colors: C C
Images: On Off
Regular version
MY BANK
Mavrid

"Mikrokreditbank": Qishloqdagi korxonaga mikrosarmoyalar

...
Update: ...
Image
"Mikrokreditbank": Qishloqdagi korxonaga mikrosarmoyalar

Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning mamlakatimiz barqaror iqtisodiy taraqqiyotidagi salmog`i yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu iqtisodiy omil ayniqsa qishloqlarimizda turmush farovonligini oshirish va aholi bandligini ta`minlashning muhim omiliga aylanayapti. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 maydagi Farmoni asosida ish boshlagan "Mikrokreditbank" iqtisodiyotimiz sahnasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish hamda jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va to`laqonli bank xizmatlari ko`rsatish borasida barcha imkoniyatlarga ega bo`lgan universal yirik tijorat banki sifatida namoyon bo`ldi.

2008 yilning 10 noyabrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan "Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat bankining tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmoni bilan Ustav kapitali qo`shimcha 72,0 milliard so`mga ko`paytirildi va ko`rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlarning foiz stavkalari pasaytirildi. Bu esa - o`z navbatida bankning tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish imkoniyatini yaratdi.

Mazkur Farmon bank zimmasiga sohaga moliyaviy ko`mak berish bilan birgalikda tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, ya`ni ayniqsa qishloq joylarida yangi korxonalar va ish o`rinlari yaratish uchun imtiyozli mikrosarmoyalar ajratishni kengaytirish, tadbirkorlik sub`ektlarini yangi texnika va texnologiyalar bilan jihozlashga yordamlashish, fermer xo`jaliklarining talab va ehtiyojlarini yanada kengroq qamrab olish va ishlab chiqilgan raqobatbardosh mahsulotlarning ko`rgazma hamda yarmarkalarini, reklama kompaniyalarini o`tkazish singari g`oyat keng ko`lamdagi ishlaprni tashkil etish vazifasini yukladi.

Ayni kunlarda ushbu vazifalarni amalga oshirish borasida keng ko`lamda amaliy tadbirlar o`tkazilmoqda. "Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik tijorat bankining G`allaorol tumanining Lalmikor qo`rg`onida "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankining qishloq farovonligi va taraqqiyoti uchun xizmat qilayotgan tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish mavzuida o`tkazilgan navbatdagi ko`rgazmali seminari ham ana shunday tadbirlardan hisoblanadi.

Bugungi kunda Respublikamizning turli hududlarida bankning 80 filiali, 266 mini banki hamda 30 ga yaqin agentliklari faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

2008 yil davomida "Mikrokreditbank" tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga 92 milliard so`mlik sarmoyalar ajratildi. Bu - 2007 yildagi ayni maqsadlar uchun ajratilgan kreditlarga nisbatan 1,6 barobar ko`p demakdir. O`tgan yil davomida ajratilgan mikromoliyaviy xizmatlar miqdori 55,4 milliard so`mni, yaratilgan yangi ish o`rinlari soni - 56 075 tani tashkil etgan. Shu yilning o`tgan birinchi choragining o`zida tadbirkorlarga ajratilgan sarmoyalar miqdori - 38,6 milliard so`mga, jumladan ko`rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar - 23,4 milliard so`mga yetdi. 

Kichik biznesni qo`llab quvvatlash va zamonaviy xizmatlar ko`rsatish yo`lida sobitqadamlik bilan olib borayotgan ishlari tufayli "Mikrokreditbank" yirikligi bo`yicha Markaziy Osiyo va Yevropadagi mikrokreditlar beruvchi jahonning eng yaxshi 100 ta banklari safiga kirdi hamda 5 olmosli mikromoliyaviy xizmatlar ko`rsatuvchi bank sifatida e`tirof etildi.

Dunyoning eng nufuzli "Fitch reytings" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan yaqinda "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankiga - moliyaviy holati, ya`ni o`z moliyaviy majburiyatlarini o`z vaqtida bajara olish qobiliyatiga uzoq va qisqa muddatli hamda umumiy uzoq muddatli yo`nalishlari bo`yicha barqaror reyting baholari berildi. 

Bankning Jizzax viloyati filiali tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka o`tgan yili 5,9 millard so`mlik, shu yilning o`tgan ilk choragining o`zidayoq - 3,2 milliard so`mlik sarmoyalar ajratildi. Shu jumladan o`tgan yilgi ajratilgan mikrokreditlar 4,5 milliard so`mni tashkil etgan bo`lsa, shu yilning o`tgan uch oyida ajratilgan mikrosarmoyalar 2,1 milliard so`mga yetdi. O`tgan yilgi ajratilgan sarmoyalar evaziga viloyatda 2 mingtaga yaqin ishchi o`rinlari yaratildi. 

Bugun G`allaorol tumanining Lalmikor qo`rg`onida qishloq taraqqiyoti va farovonligi yiliga bag`ishlab tashkil etilgan seminarda bank xodimlari qishloq sharoitida mikrosarmoyalardan yanada samaraliroq foydalanish imkoniyatlari va joylarda ishlab chiqarishni yanada kengroq ko`lamda tashkil etish borasida tadbirkorlarga yanada yaxshiroq xizmat ko`rsatish haqidagi ilg`or tajribalari bilan fikr almashdilar.

Amaliy ko`nikmalar hosil qilish maqsadida tadbir doirasida bank sarmoyalari evaziga yaratilgan maxsulotlar ko`rgazmasi bugungi kunda qishloqlarimizda chinakam ishlab chiqarish korxonalari yaratilayotganini namoyish etdi. Chunonchi, "Jizzaxkartrans" korxonasi bankdan olgan 53 million so`m krediti evaziga ishlab chiqarayotgan 20 xil turli rangdagi devoriy plitkalar, 12 million so`m kredit olib "Ulug`bek Oybek" korxonasi chiqarayotgan sifatli cherepisalar, "Dildora chinnisi" korxonasi 7 million so`m sarmoya olib chiqarayotgan zarhal laganlar, choynak-piyolalar, "Zomin asali" korxonasi 23,5 million so`m kredit hisobiga bejirim va turli kattalikdagi idishlarga qadoqlayotgan dorivor asallar, "Iskandar Husniddin" xususiy korxonasi 22 million so`m mikrosarmoya evaziga tayyorlayotgan bejirim va zamonaviy mebellar, "Davr M" xususiy korxonasi 21 million so`m mikrosarmoya hisobiga sutni qayta ishlab tayyorlayotgan tansiq oziq-ovqatlar singari o`nlab mahsulotlarni harqanday talabchan xaridorni o`ziga jalb eta olishi qayd etildi.

Ana shunday ishlarni amalga oshira oladigan tadbirkorlarning safi yanada ko`payishi borasida bank rahbariyati va viloyat hamda tuman rahbarlari tadbirkorlarga o`z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, tadbirda ishbilarmon Erkin Tojievning bank sarmoyalari hisobiga qurilgan va kerakli uskunalar bilan jihozlangan qishloq aholisiga xizmat ko`rsatuvchi "Alisher - 3" kompleksi ishga tushiriladi. Ushbu kompleks tarkibida avtomobillarga barcha turdagi xizmatlarni ko`rsatadigan ustaxonalar, zooveterinariya dorixonasi, yem sotadigan va qator boshqa savdo do`konlari, kompyuter va paynet xizmati ko`rsatish xonalari, fotostudiya, sartaroshxona, liboslar atelesi mavjud.

Ko`rgazmali seminarda tadbirkorlikni boshlayotgan xotin-qizlardan – G`allaorollik Zamira Qilicheva, Shoira Bo`rievaga, Do`stlik tumanida istiqomat qiladigan Gulchehra Mirzaqulova va Norgul Shavqievaga mikrokreditlar evaziga yangi zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi. Do`stlik qishloq xo`jalik kasb-hunar kollejining bitiruvchisi Shohista Xayrullaeva hamda Lalmikor sanoat kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Mavjuda Qozievaga tikuvchilikni yo`lga qo`yish, Paxtakor tuman kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Botirbek Rahmonov va Zomin qishloq xo`jalik kasb-hunar kolleji bitiruvchisi G`anisher O`rolovga paynet xizmatini tashkil etish, Do`stlik tumanida kollejni tugallayotgan Oybek To`yjonov va Yangiobod tumanining Balandchaqir qishlog`idagi kollejni tugallayotgan Siroj Xoliqboevga kosiblikni yo`lga qo`yish, kollejni Jizzax tumanida bitirayotgan Ma`buda Xudoyberdievaga gulchilikni, Gulistonda bitirayotgan G`ulomjon Umirovga chorvachilikni tashkil etish uchun boshlang`ich sarmoya sertifikatlari topshiriladi.

Odatda bankning gishloq taraqqiyoti va farovonligi maqsadlari uchun joriy yil mobaynida moliyalashtirgan loyihalari bo`yicha muntazam monitoring olib boriladi va uning yakunlari yilning har choragida aniqlanadi. 2009 yilning ilk choragi bo`yicha "Qishloqdagi eng yaxshi biznes loyiha" nominasiyasi g`olibi ana shu anjumanda e`lon qilindi. Ushbu nominasiya g`olibi bugun ochilgan "Alisher - 3" xususiy korxonasi bo`ldi.

Shuningdek bankning Jizzax viloyati filiali shu yo`nalishda moliyalashtirgan loyihalar sarhisob etildi. Mirzacho`l tumanidagi "O`zbekiston" qishloq fuqarolar yiqinida issiqxona xo`jaligi tashkil etgan "Ulug`bek Savron" fermer xo`jaligi rahbari Odil Bozorboev - "Mikromoliyaviy xizmat evaziga eng ko`p ish o`rinlari yaratgan tadbirkor", shu tumandagi Abay mahalla fuqarolar yiqini avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatadigan "Shabek motors" xususiy korxonasi "Qishloqdagi eng yaxshi servis xizmati", G`o`bdin qishlog`ida sartaroshlik xizmati tashkil etgan Saidahror Abdullaev "qishloqdagi eng ishbilarmon yosh tadbirkor", Do`stlik tuman, Navro`z qishlog`ida gilam to`qishni yo`lga qo`ygan xususiy tadbirkor Oysafar Sayfullaeva "Xududga xos ishlab chiqarishning noan`anaviy yo`nalishi" va Baxmal tumanining Oqtosh tumanida tikuvchilikni tashkil etgan Feruza Musaeva "Qishlog`ining eng mohir chevari" nominasiyalari bo`yicha ko`rik-tanlov g`oliblari deb topildi va ular diplomlar, qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandilar.

"Mikrokreditbank" OATB
Matbuot xizmati.



See also

23 May 2022

“Микрокредитбанк”: 12 минг нафарга яқин хотин-қизларнинг бандлиги таъминланди

Ижтимоий дастурлар доирасида 272 млрд. сўм имтиёзли кредитлар ажратиш ҳисобига 11 990 нафар аёллар бандлиги таъминланди.
9 March 2022

Mikrokreditbank kreditlari ko‘magida 5 mingga yaqin xotin-qizlar “Аyollar daftari” dan chiqarildi

Bank tomonidan “Аyollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand qatlamga biznes loyihalarni taqdim etish, tadbirkorligiga koʼmaklashish orqali 4 884 nafar ayollarga imtiyozli shartlarda kredit ajratildi.
15 February 2022

Parrandachilik bo‘yicha 179 ta loyihaga kreditlar ajratildi

Parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda

New documents

Opening a deposit is easy!
Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Opening a deposit is easy!
Opening a deposit is easy!
Free Transfers
Enjoy transfers up to 5 million UZS — completely free!
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Free Transfers
Free Transfers
Online Microloan "Ommabop"
Fast and easy! Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Microloan "Ommabop"
Online Microloan "Ommabop"
Online Education Loan
Don’t delay your studies — start now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Education Loan
Online Education Loan
Virtual cards
Virtual cards in the MAVRID app. Your phone is your wallet.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Virtual cards
Virtual cards
Main On the map
Contacts
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
All contacts
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Mobile App
Mobile App

With the mobile app, you can access all banking services 24/7 — fast, convenient, and secure, right from your home!

Click to listen highlighted text!Powered by X