Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidan yosh tadbirkor Sevara Ahmedova “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki moliyaviy ko‘magida “Jarqo‘rg‘on ziyo” xususiy korxonasini tashkil etdi.

Zamonaviy texnologiyalar asosida kattalar va bolalar uchun mavsumiy paypoqlar ishlab chiqarilayotgan kichik korxonada ayni paytda oyiga 40-45 ming juft sifatli mahsulot tayyorlanmoqda.

Sevaraning tadbirkorlik faoliyatida uning ishbilarmonlik qobiliyati, tashabbuskorligi va xitoy tilini yaxshi bilishi qo‘l kelmoqda. Joriy yilda ishlab chiqarishni ikki barobar oshirish orqali ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirishni mo‘ljallamoqda. Hozirda bu yerda o‘nga yaqin yigit-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan.