“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining yuridik mijozlariga Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash Davlat jamgʼarmasi tomonidan 10 mlrd. soʼmgacha kompensatsiya va 8 mlrd. soʼmgacha boʼlgan kafillik shartnomalari beriladi.
Ushbu jarayon Jamgʼarma tomonidan moliyaviy qoʼllab-quvvatlash uch usul bilan amalga oshiriladi. Kompensatsiya banklarga bank, jamgʼarma va kredit oluvchi oʼrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma asosida taqdim etiladi.
“Mikrokreditbank” bilan Siz bor yoʼgʼi 3 ish kunida kompensatsiya va/yoki kafillik shartnomasini olish imkoniga egasiz.
Аyni paytgacha Jamgʼarmasi tomonidan “Mikrokreditbank”ning jami 168 ta mijoziga 19,4 mlrd. soʼmlik kompensatsiya va 203 ta mijoziga 8 420,6 mlrd. soʼmlik kreditga 66,71 mlrd. soʼmlik kafillik shartnomalari berilgan.
Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash Davlat jamgʼarmasi quyidagi nazarda tutuvchi maqsadlarga kompensatsiya va kafillik shartnomalari berilmaydi:
- ilgari olingan kreditlarni yoki istalgan boshqa qarzdorlikni qaytarish;
- alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
- savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablagʼlarini shakllantirish;
- savdo obʼektlari va umumiy ovqatlanish obʼektlari qurilishini moliyalashtirish;
- bankdan tashqari kredit tashkilotlari va lizing kompaniyalarining resurs bazasini shakllantirish;
- tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa oʼyinlarni tashkil etish hamda shu maqsadlar uchun uskunalarni xarid qilish.
Bank axborot xizmati